Farg‘ona shahar militsiyasi binosiga o‘t ketgan

Image caption Farg‘ona shahar militsiya idorasida yong‘in 22 fevral kuni ro‘y bergan

Farg‘ona shahridagi ichki ishlar boshqarmasi binosida yong‘in yuz bergan.

Yong‘in hodisasini Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan tasdiqlashdi, biroq unga nima sabab bo‘lgani va talofotlar haqida gapirishni istashmadi.

Farg‘ona shahrida istiqomat qiladigan kishilar yong‘in oqibatida shahar militsiya idorasiga katta zarar yetganini aytishdi.

Ayrim ommaviy axborot vositalari xabar qilishicha, yong‘in 22 fevral kuni kunduzgi soat 10 larda boshlangan va o‘t o‘chiruvchilar kechki soatlarda ham yong‘in oqibatlarini bartaraf etish bilan band bo‘lganlar.

Shohidlarga ko‘ra, ikki qavatli binoning faqat devorlari saqlanib qolgan, xolos.

Xabarlarga ko‘ra, binoga atayin o‘t qo‘yish va xonani isitadigan qurilmaning texnik nosozligi yong‘in sabablari deb ko‘rilmoqda.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, tergovchilar "jinoyat izini yo‘qotish maqsadidagi atayin o‘t qo‘yish" versiyasi ustida ishlamoqdalar.

Farg‘ona militsiyasidagi manbaga ko‘ra, yaqinda Toshkentdan maxsus komissiya kelgan va Farg‘ona shahar militsiya idorasida qator qonunbuzarliklarni aniqlagan.

Ayrim matbuot vositalari yong‘in oqibatida ikki kishi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar tarqatganlar.

Farg‘ona shahar Ichki ishlar boshqarmasining pasport bo‘limi asosiy binodan bir necha metr uzoqlikda hamda pasport idorasiga zarar yetmaganiga qaramasdan, bu bo‘limga o‘z yumushi bilan borgan fuqarolar qaytarib yuborilayotgani xabar qilingan.

bu yerga bosing Yong‘in haqida farg‘onalik inson haqlari faoli Abdusalom Ergashev bilan suhbat

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди