O‘zbekistonda ijtimoiy internet tarmoqlariga cheklov kuchaymoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP
Image caption O‘zbekiston "internetning ashaddiy dushmanlari" bo‘lgan mamlakatlar qatorida hisoblanadi

O‘zbekistonda ommaviy internet tarmoqlariga cheklovlar kuchaygan.

O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilar bu holatni arab davlatlaridagi tartibsizliklarning ijtimoiy internet tarmoqlarida qizg‘in bahs etilayotgani bilan bog‘lashmoqda.

Ularning ta‘kidlashicha, fevral oyidan boshlab ba‘zi ijtimoiy veb tarmoqlariga kirish cheklangan.

Barcha mustaqil hamda BBC, "Ozodlik", "Amerika Ovozi", Uznews.net va fergananews.com kabi veb sahifalar O‘zbekistonda man‘ qilingan nashriyalar sirasiga kiradi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni yetti milliondan oshadi.

Facebook va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar ochiq esa-da, ammo ularning arab davlatlarida bo‘layotgan evrilishlar haqida bahs yuritayotgan forumlari mutlaqo ochilmaydi.

O‘zbekiston rasmiy matbuoti esa Tunis va Misrdagri inqiloblarni deyarli yoritgani yo‘q.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, o‘ta faollashib ketgan har qanday internet foydalanuvchisi O‘zbekiston maxsus xizmatlarining nazariga tushishi mumkin.

O‘zbekistondagi aksar internet kafelarda "O‘zbekiston konstitutsiyasiga zid, ekstremistik va pornografik veb sahifalarga kirish man qilinadi," degan yozuvlar yopishtirilgan.

"Yangi aloqa texnologiyalar mavjud esa-da, O‘zbekiston tashqi dunyodan deyarli ihotalab qo‘yilgan," deydi o‘z ismini oshkor etishni istamagan inson huquqlari faoli.

"Chegara Bilmas Muxbirlar" tashkiloti O‘zbekistonni "internet ashaddiy dushmanlari" bo‘lgan mamlaktlar qatoriga kiritgan.