Mo‘‘tabar Tojiboyeva "Jasorati uchun" mukofotidan voz kechganini e‘lon qildi

Image caption Mo‘‘tabar Tojiboyeva 2009 yili AQShning "Jasorati uchug mukofoti bilan taqdirlangan

O‘zbekistonlik taniqli inson huquqlari himoyachisi Mo‘‘tabar Tojiboyeva 2009 yilda taqdirlangan AQShning "Jasorati uchun" mukofotidan voz kechishini e‘lon qildi.

Bu qarorga Tojiboyeva xonim Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tinboyevaning bu yilgi "Jasorati uchun" mukofotiga munosib topilgani tufayli kelganini e‘lon qildi.

"Men 2009 yilda Hillari Klinton va Mishel Obama xonimlardan "Jasoratli ayol" mukofotini olganimda, menga qo‘shilib millatdoshlarimning ham boshi ko‘kka yetgandi. Bugun esa mana shu nufuzli mukofotning minglab o‘zbeklarni xonavayron qilgan iyun qirg‘ini paytida vaqtinchalik hukumatni boshqargan Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tinboyevaga berilishi hanuzgacha Qirg‘izistonda davom etayotgan millatchilik qurbonlari bo‘layotgan o‘zbek xalqiga nisbatan haqoratdek yangradi", deya e‘lon qilgan Mo‘‘tabar Tojiboyeva.

"Ta‘riflashga til ojiz bunday vahshiyliklarni boshidan o‘tkazib, bugungacha o‘ziga kela olmayotgan Qirg‘izistonning o‘zbek millatiga mansub fuqarolari holidan hech bo‘lmasa bir marta xabar olmagan, qo‘l ostidagi zo‘ravonlar oldida "o‘zbek mahallasi" nomini tilga olishdan qo‘rqqan bu ayol qaysi jasorati uchun bunday nufuzli mukofotga loyiq topildi?", degan inson huquqlarini himoya qilish "O‘tyuraklar klubi" rahbari Mo‘‘tabar Tojiboyeva.

Tojiboyeva xonim ushbu qarorga kelish og‘ir bo‘lganini aytdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди