Toshkentda tashkil etilgan vaqtinchalik yarmarkalar bozor narxlarini tushirishga xizmat qiladimi?

O‘zbekiston matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, Toshkent bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining tobora o‘sib borishiga qarshi chora sifatida yarmarkalar va kichik do‘konlar majmualari tashkil etilgan.

Mazkur tashabbusga "Toshbozortayyorlovsavdo" uyushmasi boshchilik qilmoqda.

Dehqonlarning erkin savdo bilan shug‘ullanishi ta‘minlanmagan sharoitda vaqtinchalik yarmarkalarning tashkil etilishi naqadar samarali?

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yillar xizmat qilgan Ahmad Xorazmiyning BBCga aytishicha, bunday yarmarkalarning tashkil etilishi haqiqatdan ham narx-navoning tushishiga xizmat qiladi.

"Bu yangi narsa emas, Sovet davrida ham bor narsa edi bu. Lekin, bu bilan masalani hal qilib bo‘lmaydi. Negaki, bunday yarmarkalarni 1 kun, 3 kun, bir hafta tashkil qilasiz. Butun umr tashkil qila olmaysizku!"- deydi Ahmad Xorazmiy.

Suhbatdoshimizga ko‘ra, dehqon bozorlaridagi narxlarning o‘sib ketishi, avvalo, avvalo hosilning hajmiga, bundan tashqari, dehqon o‘zi yetishtirgan mahsulotini o‘zi sotishga imkonli bo‘la olmasligiga bog‘liq.

"Bozorda korruptsiya juda rivojlangan. Dehqon mahsulotini olib boradi, u yerda o‘tirgan dehqonning qo‘lidan mahsulotni deyarli majburiy ravishda olib qoladi. O‘zi qariyb bir yarim ikki baravarga o‘tirib sotadi".

"Agar dehqon mahsulotini olib borib o‘zi sotadigan bo‘lsa, birinchidan arzon sotadi. Ikkinchidan u ertalabdan kechgacha o‘tirmaydi, mahsulotini sotadiyu, borib ishini qiladi. Shuning uchun, dehqonning o‘ziga bermoq kerak imkoniyatni. Shuni ta‘minlash kerak, faqat qog‘ozda emas, amalda ta‘minlash kerak", deydi Ahmad Xorazmiy.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди