Yunusubod bozori ulgurji savdo rastalari va bozor hududidagi oshxonalar buzib tashlandi

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Yunusobod bozoridagi rastalar ikki kun ichida buzib tashlangan

Toshkent shahrini qayta qurish rejasi ostida borayotgan buzilishlarda navbat Yunusubod bozoriga yetgan.

Chorshanba va payshanba kunlari dehqon bozorining ulgurji savdo rastalari va bozor hududidagi oshxonalar buzib tashlangan.

Bozorda qolayotgan savdogarlar chakana savdo rastalarining ham buzilishini taxmin etishmoqda.

Rasta va oshxonalar egalari bir kun avval ogohlantirilgan. Ularning zararlarini qoplash haqida biron gap aytilmagan.

Yunusubod bozorida bo‘lgan toshkentliklardan biriga ko‘ra, dehqon bozori allaqachon "tekislab tashlangan".

"Dehqon bozori tekis bo‘lib bo‘libdi. Man hozir shu yerdaman. Tep-tekis qilib tashlangan. Rasta qolmagan, hamma temirlar chetda turibdi. Hech kim yo‘q, bir kunda tozalab tashlashibdi".

Suhbatdoshimiz savdogarlarning qayerga ko‘chirilganlaridan bexabar ekanini aytadi.

Ayrim taxminlarga ko‘ra, bozorning buzilishi uning yaqinidagi hashamatli Megaplanet gipermarketi ochilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yangi gipermarketning kimga tegishli ekani esa, noma‘lum.

Oy boshida Toshkentdagi yirik Turkuaz savdo markazi yopilgan va rasmiylar buni O‘zbekiston qonunlarining ko‘p marotaba buzilishi sabab bo‘lgani bilan izohlashgandi.

2-3 kun muqaddam esa, Toshkentdagi eng yirik elektronika va maishiy elektron mollar sotiladigan Navoiy yarmarkasini uch kun ichida yangi joyga ko‘chirishga buyruq berilgani xabar qilingandi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди