Toshkentda kommunal xizmatlar narxi yana oshmoqda

Image caption Toshkentda deyarli har olti oyda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar oshib bormoqda

Toshkentda 1 apreldan markaziy isitish tizimi, hamda issiq va sovuq suv ta‘minoti uchun yangi tariflar kiritiladi.

O‘zbekistonda chop etiluvchi gazeta.ru internet sahifasi xabar berishicha, Tashteploenergo" va "Suvsoz" shirkatlari yangi to‘lovlar haqida e‘lon qilishgan.

Issiq suv uchun to‘lovlarning deyarli 10 foizga, sovuq suv uchun esa 15 foizga oshishi energiya va boshqa zahiralar uchun narx-navolarning oshgani bilan izohlanmoqda.

Markaziy isitish tizimi uchun to‘lov bir oyiga hozirgi 397,03 so‘mdan 436,27 so‘mga oshadi.

Issiq suv ta‘minotiga to‘lovlar kishi boshi uchun, agar schetchik bo‘lmasa, 5460 so‘m, schetchik bilan esa 1398,04 so‘mga ko‘tariladi.

Issiq suv va markaziy isitish tizimi uchun to‘lovlar o‘tgan yil 1 oktyabrida oshirilgandi.

Joriy yil 1 fevralidan esa schetchigi bo‘lmagan aholi uchun issiq suv to‘lovlari 20 foizga oshirilgan.

1 apreldan sovuq suv va kanalizatsiya uchun ham to‘lovlar narxi oshmoqda. Oxirgi marta ular o‘tgan yil fevralida ko‘tarilgandi.