Oloy bozoridan savdo rastalari nima uchun ko‘chirilmoqda?

Toshkent shahridagi Oloy bozorining kiyim-kechak savdosi uchun ajratilgan rastalari ko‘chirila boshlandi.

Guvohlarning aytishlaricha, kecha seshanba kunidan boshlab kiyim-kechak va kundalik ehtiyoj mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi 150 ka yaqin do‘kon sohiblariga o‘z mollarini olib chiqib ketishlari kerakligi aytilgan.

Avvalroq Yunusobod dehqon bozorida ham shunga o‘xshash tadbirlar o‘tkazilgani kuzatilgandi.

Kuni-kecha Navoiy ko‘chasi bo‘ylab asosan elektr xo‘jalik mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar rastasi ham boshqa yerga ko‘chirilishi haqida aytilgandi.

Inson huquqlari faoli Diloram Ishoqovaning aytishicha, bozorlarning qayta qurilishi va ko‘chirilishi borasida rasmiylar na savdogarlar va na xaridorlarga yetarli va oldindan ma‘lumot bermayaptilar.

Bu esa o‘z navbatida turli tushunmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Boshqa tomondan bu tadbirlar ko‘pda buyruqbozlik usulida amalga oshirilmoqda.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Toshkent shahar hokimiyati axborot bo‘limidan G‘ayratxo‘ja Saydaliyev Bi-bi-si bilan suhbatda ushbu amallar qay asosda amalga oshirilayotgani haqida izoh berdi.

Janob Saydaliyevning aytishicha, bu tadbirlar bozorlar va savdo rastlarining faoliyatini tartibga keltirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari bozorga mashinada keluvchi xaridorlar uchun ulaylik yaratish maqsadida avtomobil qo‘yish yerlarini tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Toshkent shahar hokimiyati vakilining aytishicha, do‘kon va rastalari ko‘chirilayotgan tadbirkorlar uchun yangi yerdan do‘kon berish yo boshqa yerdan yer ajratish, yoda moliyaviy tovon to‘lash imkonlari berilmoqda.

Yangi yerdan do‘kon ajratish qarorini olishda esa tadbirkor bilan maslahatlashgan holda uning kelgusi faoliyatiga zarar keltirmaydigan imkoniyat topishga harakat qilinmoqda.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди