Toshkentda inson huquqlari faoli Abdullo Tojiboy o‘g‘li hibsga olingan

Image caption Abdullo Tojiboy o‘g‘li 2007 yilgi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surgandi

Abdullo Tojiboy o‘g‘li "Quyluq" bozori yaqinidagi mardikorlar bilan uchrashayotgan mahal qo‘lga olingan.

BBCga gapirgan inson huquqlari faoliga ko‘ra, uni maxsus mashinada Hamza tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketishgan.

Abdullo Tojiboy o‘g‘lining aytishicha, u "Quyluq" bozori yaqinidagi mardikorlar bilan ularning shikoyatlari asosida uchrashgan va ularga konstitutsiyaviy haq-huquqlari borasida suhbat o‘tkazayotgan bo‘lgan.

Huquq faoliga ko‘ra, mardikorlar, asosan, doimiy pasport nazoratidan shikoyat qilishgan.

"Ularning manga qilayotgan murojaati - aynan o‘sha pasport rejimi. Militsiya xodimlari, nazoratchilari ularga do‘q-po‘pisa qilishib, pasportlarini olib qo‘ygan holda jarimalar solib, ularning konstitutsion huquqlari qo‘pol ravishda buzilayotganini bildim... Man O‘zbekistonda, ayniqsa, toshkent shahrida pasport rejimi bekor qilishni so‘rab, hokimiyatga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishni taklif qildim, bular rozi bo‘ldi", deydi u.

Ammo, o‘sha paytda Abdullo Tojiboy o‘g‘li mardikorlarni bir kunlik ish bilan ta‘minlovchi birja rahbariyati xonasiga chaqirilgan va unga mardikorlarni "qo‘zg‘olonga da‘vat etgan"likda ayblashgan.

Inson huquqlari faoliga ko‘ra, keyin u yerga shahar ichki ishlar bo‘limining terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlari yetib kelishgan.

Hamza tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketilishidan oldin Abdullo Tojiboy o‘g‘li BBCga quyidagilarni gapirib berdi:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Abdullo Tojiboy o‘g‘li sobiq tadbirkor. U 2007 yilgi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surgandi.