Qamoqdagi huquq faoli Norboy Xoljigitovning ahvoli o‘ta og‘irlashgan

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди
Bo‘rigul Xoljigitova Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Bo‘rigul Xoljigitova turmush o‘rtog‘ining ahvoli o‘ta og‘irligini aytadi

Bu haqda Norboy Xoljigitov bilan aprel oyi oxirida Qarshi shahrida joylashgan UYa 64/49 qamoqxonasida ko‘rishgan rafiqasi Bo‘rigul Xoljigitova ma‘lum qildi.

Bo‘rigul Xoljigitova turmush o‘rtog‘i juda ozib ketgani, zo‘r-bazo‘r yurayotgani va qovug‘i atrofida bez paydo bo‘lgani bois o‘tirishga ham qiynalayotganini bayon qildi.

"Ahvoli og‘ir...qandli diabeti miqdori ko‘tarilib ketibdi. Oyoqlari qorayib ketgan, hech narsani sezmaydi. Og‘zidagi barcha tishlari tushib ketgani tufayli, ovqatni yaxshi chaynay olmaganidan oshqozoni ishdan chiqqan. Buyragida qon bosimi paydo bo‘lgan. Og‘irligi 50 kilogramm ham chiqmasa kerak, juda ozib ketgan", deydi u.

Bo‘rigul Xoljigitovaning bildirishicha, 58 yoshli Xoljigitov turma ichkarisidagi davolash bo‘limiga yotqizilgan.

"Yaxshiroq tibbiy yordam ko‘rsatishni va Toshkentdagi "Sangorod"ga jo‘natishni so‘rab yozgan arizasi e‘tiborsiz qoldirilibdi", huquq faolining rafiqasi.

58 yoshli Norboy Xoljigitov 2005 yili tovlamachilik, konstitutsion tuzumga tahdid va prezident joniga suiqasd qilishga urinish ayblovlari bilan hibsga olinib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Norboy Xoljigitov, boshqa siyosiy mahbuslar singari, mahbuslar amnistiyasidan istisno qilinadi. Rasmiy tarzda qamoqxona ma‘muriyati uning ichki qonun-qoidalarni buzgani uchun amnistiyaga tushmasligini ma‘lum qilgandi.

O‘zbekistondagi faollarga binoan, amnistiya yoki ozod etilish sanasi yaqinlashganda aksariyat hollarda siyosiy mahbuslarga nisbatan soxta ayblar, xususan, ichki qonunlarni buzish aybi qo‘llaniladi.