Andijon qirg‘inidan roppa-rosa 6 yil o‘tdi, ammo...

Bugun Andijon xunrezligining olti yilligi – 13 14 may kunlari namoyishga chiqqan minglab odamlar hukumat kuchlari tomonidan shafqatsizlarcha o‘qqa tutilgan va qurbon bo‘lgan kun.

Namoyishlarning kuch bilan bostirilishi oqibatida aksariyati tinch namoyishchilardan iborat yuzlab andijonliklarning qurbon bo‘lganliklari aytilgandi.

Inson huquqlari faollariga ko‘ra, o‘sha kunlar va o‘tgan olti yildan beri yuzlarcha o‘zbekistonlik hukumatning qasos amallaridan qochib vatanni tark etishdi. Muhojir bo‘lishdi.

O‘sha kunlar prezident Karimov Andijonda xalqni ko‘chaga chiqargan, deya G‘arb davlatlarini ayblagan edi.

Bu kabi qarash to Ovro‘po Ittifoqining O‘zbekistonga o‘rnatgan ramziy jazo choralari yumshatilmagani va yo umuman bekor qilinmaganiga dovur davom etdi.

Shu yil boshlarida esa, prezident Islom Karimov Andijon voqealarida mahalliy rahbarlarni ayblagandi:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

O‘zbekistonda Xotira va Qadrlash kuni esa, prezident Karimov janoblari Andijon xunrezligiga doir yana boshqacha bir qarashni izhor etdi.

Arab dunyosidagi inqiloblar manzarasida Andijonni tilga olgan prezident Islom Karimov – kattaroq davlatlar tabiiy zaxiralarga egalik qilish uchun ham inqiloblar uyushtiradi qabilida ogohlantirdi. Andijonni misol qilib ko‘rsatdi:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Ko‘plab kuzatuvchilarga ko‘ra, G‘arb O‘zbekiston bilan aloqa evaziga olti yil burungi Andijon xunrezligiga ko‘z yummoqda.

O‘zbekiston - Afg‘onistondagi G‘arb amaliyotlari uchun muhim shimoliy ta‘minot yo‘lida joylashgan.

Shuningdek, neftь va gazga boy Markaziy Osiyodagi eng ko‘p sonli va strategik muhim davlat sanaladi.

Andijonda aksilhukumat namoyishchilariga o‘t ochilganiga qarshi Ovro‘po Ittifoqi kiritgan sanktsiyalar olib tashlandi.

Andijon bo‘yicha xalqaro mustaqil tekshiruvga Islom Karimov hukumati rozi bo‘lgani yo‘q.

Lekin inson huquqlari faollarining ayblashlaricha, G‘arb bugun o‘z manfaatlarini inson haqlaridan ustun qo‘ymoqda.

Mana olti yil berisida, bugun Andijon unutildi, deyish mumkinmi?

Bu savol bilan Xalqaro Inqiroz Guruhi vitse-prezidenti Alayn Delotrozga murojaat etdik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Andijonda 2005 yil 13 may kuni nimalar ro‘y bergani hamon ochilmay qolmoqda.

Guvohlar hamda faollarga ko‘ra, hayot qiyinchiliklaridan norozi maydonga chiqqan oddiy - ayolu bola demasdan hukumat kuchlari o‘qiga uchgan.

Lekin O‘zbek hukumatining aytishicha, o‘sha kuni qurolli shaxslar qamoqxonaga hujum qilishadi, odamlarni garovga olishadi va qotillikka qo‘l urishadi.

Biroq O‘zbek hukumati aslida nima bo‘lganini o‘rganish uchun mustaqil xalqaro komissiyaga ruxsat bermadi.

Bugunga kelib, ikki ziddiyatli fikrdan qay biri ko‘proq isbotini topa oldi?

Ushbu savol bilan Andijondagi norozilik namoyishi tashkilotchilaridan biri, bugun G‘arbda boshpana topgan Shamsutdin Atamatovga murojaat etdik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди