Andijon voqealari tahlili kuzatuvchi va guvohlar nigohida

Andijon voqealaridan 6 yil o‘tib, voqealarning rasmiy va norasmiy talqini xanuz bir-biridan keskin farq qiladi.

Hukumat "Islomiy g‘alayon", deb tasvirlangan 2005 yilning 13 may kunida yuz bergan voqealarda aksariyati "terrorchilar" bo‘lgan 187 kishining halok bo‘lganini aytadi.

Ammo, xalqaro va mahalliy inson haqlari tashkilotlariga ko‘ra, hukumat askarlarining hech bir ogohlantirishsiz, pala-partish o‘t ochishlari natijasida Andijonda aksariyati tinch namoyishchilardan iborat "yuzlab" insonlar qurbon bo‘lgan.

Inson huquqlari tashkiloti "Human Rights Watch" Andijondagi 13 may xunrezligini "qirg‘in", deb ta‘riflagandi.

O‘zbekiston hukumati mustaqil xalqaro tergov chaqiriqlarini rad etib keladi.

Bi-bi-si matbuot xabarlari, shohidlar va rasmiylarning bayonotlari asosida Andijon xunrezligi silsilasini yaratgan.

Xo‘sh, Andijonda nima bo‘lgandi?

Bi-bi-si ayni savol bilan Andijonda yuz bergan voqealarning bevosita ishtirokchi va guvohlari - Olmoniyadagi "Andijon-Taraqqiyot va Tiklanish" tashkilotidan Jahongir Usmonov, Andijondan inson huquqlari faoli Saidjahon Zaynobiddinov va Parijdan siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovni davra suhbatiga tortdi.

Suhbatni Olmoniyadan Jahongir Usmonov boshlab beradi:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди