"Muxolifat O‘zbekistonda demokratik islohotlar boshlash masalasida yakdil"

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption "Birlik" partiyasi a‘zosi Ismoil Dadajonov

Berlinda O‘zbekiston Xalq Harakatining ilk qurultoyi o‘z ishini yakunlar ekan, aksariyat ishtirokchilar ellikdan ortiq muxolifat va inson huquqlari faollari bugunning eng dolzarb masalalaridan birini hal qilinganini urg‘ulamoqdalar.

Masalaki, yigirma yildan beri tarqoq qolayotgan O‘zbekiston hukumatining xorijdagi bir qator muxolif guruhlari o‘zaro muloqot yo‘li yangi bir harakatga asos solishganini aytishmoqda.

Qurultoy turfa va qarama qarshi fikrlar, bahsu munozaralarga boy o‘tgan esa-da, xorijdagi muxolifatning kattagina qismi mamlakatda demokratik islohotlarni boshlash yo‘lida yakdil ekanliklarini namoyish qilishdi.

O‘zbekiston Xalq harakatining yangi faollari, Birlik partiyasi a‘zosi Ismoil Dadajonovning aytishicha, yig‘indan asosiy maqsad "o‘zbek muxolifatini falajlik holatidan olib chiqish" edi va bunga qaysidir ma‘noda erishilgan.

"Muxolifat vakillari o‘ta darajada mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishgan edi. Bugun harakat ma‘lum bir nuqtaga keldi, yettita tashkilot birlashdi va birgalikda harakat qiladigan bo‘ldi. Eng asosiy yutug‘i, hech bo‘lmaganda, Ovro‘poda yurgan, Amerikada yurgan, umuman, chet ellarda yurgan muxolifat vakillarini yarmidan ko‘pini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi", deydi Ismoil Dadajonov.

Bundan tashqari qurultoyda muxolifatning boshqa vakillari - "Birlik" xalq harakati partiyasi, "O‘zbekiston Demokratik Kongressi", "Quyoshli O‘zbekiston", "Birdamlik" rahbarlarini ham shu harakatga jalb qilish mexanizmi ishlab chiqishga kelishildi.

"Ko‘pchilik rejimning bugungi kunini noto‘g‘ri baholashadi. "Rejim tamom bo‘ldi, Karimov talvasada, hukumat talvasada" degan gaplar bu -dushmanni noto‘g‘ri baholash. Biz rejimni bugungi kunda ham juda ham mustahkamligini, qo‘lida tishidan tirnog‘igacha qurollangan armiya, militsiya hamda Milliy xavfsizlik xizmati bor ekanligini unutmasligimiz kerak. Bugun biz nozo‘raonlik harakati bilan, tinch yo‘l bilan, parlament yo‘li bilan rejimga qarshi kurashamiz, degan qarorga keldik", deydi "Birlik" partiyasi a‘zosi Ismoil Dadajonov.

Ammo, qurultoy ishtirokchilari buning uchun juda ko‘p kurashish kerakligi hamda birgalikda faoliyat olib boriladigan bo‘lsa, maqsadga erishish mumkinligini ta‘kidlashdi.

O‘zbekiston Xalq harakatining yangi faollari, Birlik partiyasi a‘zosi Ismoil Dadajonov va mustaqil jurnalist Ulug‘bek Haydarovlar suhbatni tinglang:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди