Freedom House: O‘zbekiston yana "Yomonlarning eng yomoni" ro‘yxatida

Фото муаллифлик ҳуқуқи freedomhouse
Image caption O‘zbekiston "Yomonlarning eng yomoni" ro‘yxatiga o‘tgan yil ham kiritilgan edi

AQShda joylashgan Freedom House tashkiloti dunyoning eng repressiv mamlakatlari yangi ro‘yxatini chop etgan.

Tashkilot bu yilgi hisobotda fuqarolari o‘ta repressiv muhitda umr kechirayotgan 17 mamlakat va 3 hudud aniqlanganini aytadi.

“Ushbu hisobotda biz fuqarolari eng tamal huquqlardan bahramand bo‘lmagan mamlakatlarni, fuqarolari mustaqil fikr yoki amallari uchun og‘ir jazolarga tortilgan, muxolifatga juda cheklangan holda yoda umuman faoliyat yuritishga izn bermagan rejimlarni aniqlaganmiz," - dedi Freedom House vakili Paula Skrifer.

Hisobotda O‘zbekiston inson haqlari vaziyati eng yomon bo‘lgan to‘qqiz mamlakatdan biri sifatida tilga olingan.

Ham siyosiy va ham fuqaroviy erkinliklar ko‘rkatkichi bo‘yicha eng yomon to‘qqiz mamlakat qatorida shuningdek Birma, Evatorial Gvineya, Eritreya, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan, Xitoyning Tibet mintaqasi va Turkmaniston bor.

Bu ro‘yxatdagi mamlakatlarning yarmidan ko‘prog‘ida siyosiy va fuqaroviy haq-huquqlar tajribasi umuman yo‘q. Bu yil "Yomonlarning eng yomoni" ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatlar o‘tgan yil ham ayni ro‘yxatda edilar," - dedi Freedom House vakili.

bu yerga bosing O‘tgan yil ham O‘zbekiston ayni ro‘yxatga kiritilgan edi.Freedom House demokratik o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlovchi hamda demokratiya va inson huquqlarini himoya qiluvchi mustaqil tashkilot hisoblanadi.