O‘zbek qamoqxonasidan yana bir mahkum jasadi chiqarildi

29 yashar Muhiddin Abdullayev Toshkentdagi Markaziy Qamoqxona - Toshturmadan Qashqadaryo viloyati Shayxali qo‘rg‘onidagi jazoni o‘tash muassisasiga ko‘chirilishidan 17 kun o‘tib vafot etgan.

Bu haqda Toshkentdagi "Ezgulik" inson haqlari jamiyati xabar tarqatdi.

Marhumning oilasiga ko‘ra, Muhiddin Abdullayev jasadini xuquq tartibot organlari xodimlari keltirganlar va yaqinlaridan uni zudlik bilan ko‘mishni talab qilganlar.

Biroq, marhumning oilasi uning tanasida qiynoq alomatlari bo‘lganini ko‘rishganini aytishmoqda.

Rasmiy tibbiy komissiya Muhiddin Abdullayev "jigar tsirrozidan o‘ldi," deya xulosa chiqargan.

BBC bu haqda "Ezgulik" faoli Abdurahmon Tashanovning marhum yaqinlariga tayanib aytishicha, jasadni keltirgan huquq-tartibot idoralari qiynoq alomatlarini ulardan "yashirishga harakat qilishgan".

Abdurahmon Tashanovning aytishicha, keyingi paytlarda O‘zbekiston qamoqxonalarida dindor mahkumlarga nisbatan qiynoq qo‘llash "judayam kuchaygan".

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди