O‘zbekistondagi boshqa siyosiy mahbuslarning ahvoli qanday?

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters
Image caption Bryusselga Prezident Islom Karimovning tashrifi munosabati bilan O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslarni ozod etish talabi bilan o‘tkazilgan norozilik amaliyoti

O‘zbekiston matbuotida uzoq yillik qamoqda qolayotgan siyosiy mahbus tajribasini keng qo‘llashga da‘vat qilingan.

"Novыy Vek" gazetasi biogumus ishlab chiqarish tajribasini keng yoyish zarurligi haqida, buni Rustam Usmonov ixtiro etgani haqida yozgan, biroq O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatda ayblashib uni tutqunlikda saqlashayotgani borasida hech narsa deyilmagan.

Kuchsizlangan yer tarkibini yaxshilash uchun maxsus chuvalchang - biogumus ishlab chiqarish g‘oyasi ishbilarmon millioner Rustam Usmonovga tegishli.

Uning O‘zbekiston televideniyesida bir arava go‘ngni bir arava oltinga alishish reklamasini ko‘pchilik yaxshi eslaydi.

Iqtisod fanlari doktori, O‘zbekiston erkin yozuvchilar va jurnalistlar uyushmasi a‘zosi bo‘lgan Rustam Usmonov 1990 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida birinchi xususiy bank - "Rustambank"ni ta‘sis etgan edi.

U iqtisodiy mavzularda qator kitoblar ham yozgan.

O‘z faoliyatida Prezident Karimov siyosatini qo‘llab-quvvatlagan va 1998 yilda Andijon viloyat mahkamasi hukmi bilan 13 yildan beri qamoqda qolayotgan Rustam Usmonovning hozirgi ahvoli qanday? O‘zbekiston qamoqxonalarida belgilangan jazo muddatlari o‘tib ketganiga qaramasdan, hamon tutqunlikda qolayotgan siyosiy mahbuslar - Murod Jo‘rayev, Mamadali Mahmudov, A‘zam Turg‘unov va Solijon Abdurahmonovning salomatligi haqida nimalar ma‘lum?

BBC bu haqda muxolifat faoli Dilorom Ishoqova bilan suhbatlashdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди