BBC mehmoni - huquq himoyachisi Jahongir Shosalimov

Image caption Jahongir Shosalimov 1999 yildan buyon fuqarolar huquqlarini himoya qilib keladi

Huquqbon va iqtisodiy masalalarda tahlilchi Jahongir Shosalimov bbcuzbek.com o‘quvchilari va tinglovchilarimizning savollariga javob beradi.

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan so‘nggi prezident saylovida o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishga uringan Jahongir Shosalimovga savollaringizni sahifamiz pastidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

Jahongir Shosalimov 1953 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1974 yilda Toshkent Xalk Xo‘jaligi Institutining savdo iqtisodi bo‘limini tugatgan.

1999 yildan buyon huquqbonlik bilan shug‘ullanib keladi.

Jahongir Shosalimov Toshkentning "Eski juva" bozorida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilgani uchun ichki ishlar xodimlari tarafidan unga nisbatan tazyiqlar bo‘lganini aytadi.

2002 yildan buyon "O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi" a‘zosi.

Huquq himoyachisi sifatida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan ko‘plab mahkamalarni kuzatib boradi.

2003 yilda Toshkent shahrida piket o‘tkazgani uchun qo‘lga olinib, ma‘muriy jazoga tortilgan.

Internet sahifalarida mustaqil iqtisodchi sifatida erkin bozor munosabatlariga o‘tishda, uning o‘zi aytmoqchi, O‘zbekistonda kuzatilayotgan qonunbuzarliklar haqida qator tanqidiy maqolalar nashr etgan.

Oxirgi yillarda xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan BBC o‘zbek xizmati dasturlarida iqtisodiy mavzularda o‘z fikrlarini berib keladi.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.