O‘zbekistonda g‘alla rejasini bajarmagan fermerlarni nima kutadi?

Фото муаллифлик ҳуқуқи UNIAN
Image caption O‘zbekistonda 41 ming fermer xo‘jaliklari davlatga arzon narxda paxta va g‘alla topshirishga majbur

O‘zbekistonda kuzatilayotgan bu yilgi qurg‘oqchilik va suv yetishmasligi o‘zbek fermerlari ahvolini og‘irlashtirgan.

O‘zbekistonlik mustaqil ekspertlar va tadqiqodchilaridan tashkil topgan nodavlat tashkilot - "Ekspert Ishchi Guruhi" yangi hisoboti xuddi shunday xulosaga kelgan.

"Ekspert Ishchki Guruhi" xulosalariga ko‘ra, qurg‘oqchilik ko‘plab viloyatlarda fermer xo‘jaliklari ishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.

O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston prezidenti mamlakat g‘allakorlarini davlatga g‘alla topshirish rejasini bajarganlari bilan qutlagan edi.

Tabrikda aytilishicha, bu yilgi qurg‘oqchilikka qaramay, o‘zbek dehqonlari 7 millionga yaqin g‘alla xirmoni yaratishga muvaffaq bo‘lganlar.

Biroq Ekspert Ishchi Guruhi hisoboti muallifi Sanjar Saidov fermerlarning 80 foizi davlat rejasini bajara olmaganini aytadi.

BBC Sanjar Saidovni suhbatga tortdi:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди