1991-2011. Sho‘rolar Ittifoqi parchalanganining 20 yilligi

1991 yil 19 avgustida SSSRningi birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachevga yaqin davlat arboblari Favqulodda Holatlar Davlat Qo‘mitasi (GKChP) tuzilgani haqida e‘lon qilishadi. Mixail Gorbachevni tashqi dunyodan uzib qo‘yishga qaror qilinadi. Moskvaga qo‘shin kiritiladi. Demokratiya tarafdorlari Rossiyaning ilk prezidenti Boris Yeltsin qarorgohi - Oq Uy atrofida barrikadalar qurishadi. Uch kunlik kurash GKChP mag‘lubiyati bilan yakun topadi. GKChP hodisalari SSSR tarkibidagi 15 respublikaning mustaqilliklari uchun yo‘l ochdi. O‘zbekiston Oliy kengashi 1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligini e‘lon qildi.