Jahon bozorlari Liviyadagi vaziyatning barqarorlashishini kutmoqda

O‘zbek hukumatini noqonuniy amallarda ayblab chiqqan Britaniyadagi Oxus Gold oltin ishlab chiqarish shirkati o‘zining O‘zbekistondagi sobiq xodimi himoyasiga imzo to‘plash kampaniyasini boshlagan.

O‘zbekiston mahkamasi Oxus Goldning Said Ashurovni shu yil bahorida josuslikda ayblab, 12 yilga ozodlikdan mahrum etgandi.

Rasmiy Toshkent O‘zbekistonda uzoq yillar oltin qazib chiqarish bilan shug‘ullangan Britaniya shirkatini o‘z majburiyatini bajarmaganlikda ayblagan va shirkat faoliyatini taqiqlab qo‘ygandi.

"Oksus gold" esa O‘zbekiston hukumatini noqonuniy amallarda aybladi.

BBC Oxus Gold shirkati advokati Robert Amsterdamdan Said Ashurov petitsiyasiga oydinlik kiritdi:

Robert Amsterdam: Janob Said Ashurov konchilik bo‘yicha mutaxassis. U Tojikiston fuqarosidir. "Oksus Gold" shirkati uni ishga yollagandi. U ushbu shirkatda yaxshi ishlagan mutaxassislardan bo‘lgan. Uning shirkatdagi faoliyati shu yil mart oyida O‘zbek rasmiylari "Oksus Gold" shirkatiga reyd uyushtirishlari ortidan to‘xtagan edi.

BBC: Hozirda shirkat homiyligi ostida Said Ashurovni ozod etishni maqsad qilgan maxsus veb sahifa ochilgan. Unda Said Ashurovni ozod qilish petitsiyasi ham boshlatilgan. Hozirgacha kimlar bu petitsiyani qo‘llab quvvatlashdi?

Robert Amsterdam: Ushbu petitsiyani uning oilasi boshladi. Ularni qo‘llab-quvvatlayotganlar juda ko‘p. Butun dunyoda inson huquqlari tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar Said Ashurov ishiga katta qiziqish izhor etganlar. Chunki janob Ashurovning sog‘lig‘i O‘zbek qamoxonalarida yomonlashib borayotir. O‘zbek qamoqxonalaridagi sharoit o‘zining o‘ta abgorligi bilan tanilgan.

BBC: Said Ashurov ishi yuzasidan o‘zbek rasmiylaridan biron bir rasmiy javob oldingizmi?

Robert Amsterdam: Said Ashurovning noqonuniy qamoqqa olinishiga nisbatan O‘zbek mulozimlaridan olganimiz yagona javob - umuman uydirma ayblovlar bilan yopiq mahkama tomonidan uning 12 yillik qamoq jazosiga hukm etilgani bo‘ldi. G‘arb davlatlari hududidlarida joylashgan shirkatlar borasida G‘arb hukumatlari xavotir izhor etsalargina, O‘zbekiston hukumati javob berishi mumkin.

BBC: Siz O‘zbek rasmiylari kuni kelib chaqiriqlaringizga javob berishadi, deb ishonasizmi?

Robert Amsterdam: Men O‘zbekiston hukumatining janjal bilan ish olib borishidan dunyo ogoh bo‘layotganidan xushbinman. O‘zbekiston Shimoliy Koreya singari qonunga umuman rioya etilmaydigan davlat. Yaxshiyamki, ko‘plab mamlakatlar bu holatdan ogoh bo‘la boshladilar. Janob Ashurov va rejim tomonidan uydirma ayblovlar bilan qamoqqa tashlangan ko‘plarning yagona umididir.

BBC: "Oksus Gold" shirkati shuncha yillar davomida O‘zbekiston davlati bilan yaqindan hamkorlik qilib keldi. Inson huquqlarining o‘ta abgorligi haqida uzoq yillardan buyon gapiriladi. Nima uchun "Oksus Gold" o‘z daromad manbaidan ayrilgandan keyingina, inson haqlari haqida qayg‘urib qoldi? Nega bu haqda oldin gapirmadi?

Robert Amsterdam: "Oksus Gold" shirkati, O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi ko‘plab shirkatlar singari, nafaqat u yerdagi o‘z boyliklari haqida, balki o‘z xodimlari xavfsizligini ham o‘ylashga majbur edi. Ma‘lum bo‘lishicha, bunday siyosat na shirkat xodimlarini va na shirkat boyligini saqlab qola oldi.