Сўнгги янгиланиш 25 август 2011 - 11:13 GMT

BBC arxividan: "Hilol va yulduz - Ollohga oshiq Farg‘ona". 1-qism

Bundan 20 yil muqaddam Sovet imperiyasining xarobalari o‘rnida paydo bo‘lgan yangi mustaqil davlatlar repressiv siyosiy tuzum va falaj iqtisodni meros qilib olgan edilar.

Ularning ko‘pchiligi tez orada bu merosdan qutulib, yangicha taraqqiyot yo‘lini tanladilar.

Ammo Sovet Ittifoqining eng yirik musulmon aholisiga ega bo‘lgan O‘zbekiston uchun milliy mustaqillik Mixail Gorbachev davrida qo‘lga kiritilgan nisbiy diniy va siyosiy erkinliklarning yo‘qotilishini anglatar edi.

Yigirma yildirki, Islom Karimov hukumati buni islom aqidaparstligi va ektremizm tahdidi bilan tushuntirib keladi.

Islomiy aqidaparastlik haqiqatmi yoki afsona?

Diniy ektremizm sababmi yoki oqibat?

1991 yil dekabridagi ilk prezidentlik saylovlaridan ko‘p o‘tmay, O‘zbekistonga safar qilgan BBC jurnalistlari ushbu savollarga javob topishga uringanlar.

O‘tgan vaqt mobaynida bu savollar dolzarbligini yo‘qotmagani uchun "Hilol va yulduz-Ollohga oshiq Farg‘ona" hujjatli filmini e‘tiboringizga havola etishni lozim topdik.

3 qismdan iborat ushbu hujjatli film haqidagi fikr va mulohazalaringizni bbcuzbek.com ga yo‘llang.

Elektron pochtamiz manzili: uzbek@bbc.co.uk

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.