Ramazon Hayiti kunini belgilash borasidagi farq kam ahamiyatli masalami?

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP

Dunyoning qator musulmon mamlakatlarida Islom dinidagi ikki asosiy bayramning biri - Ramazon Hayiti nishonlanmoqda, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston musulmonlari Ramazon ro‘zasidan keyin ado etiladigan Hayit namozlarini bugun o‘qishgan.

Musulmon olamidagi aksar mamlakatlarda Ramazon Hayiti kuni deb 30 avgust kuni belgilandi va Hayit namozlari seshanba kuni ado etildi.

O‘zbekistonda Ramazon Hayitini 31 avgust kuni nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston prezidentining farmoni e‘lon qilingan, lekin shunga qaramasdan, o‘zbekistonlik ayrim musulmonlar ro‘za tutishni 29 avgust kuni to‘xtatishgani va Hayit namozlarini 30 avgustda ertalab yashirincha o‘qishgani haqida xabarlar tarqalgan.

Hijriy taqvim osmonda yangi oyning ko‘rinishiga asoslanadi, musulmon mamlakatlarida Hayit kunini belgilash borasida farq hamda chalkashlik yuzaga keladi.

Bu yilgi Ramazon oyi 29 kunni tashkil etdi.

O‘zbekistondan farqli o‘laroq, Qirg‘iziston musulmonlari Hayit namozlarini kecha ado etishgan. Biz Ramazon Hayiti kunini belgilash tartibi qandayligi haqida Qirg‘izistondagi Qorasuv shahri masjidi imom-xatibi Rashod qori Kamolovdan so‘radik.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди