O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan sobiq jurnalist ortga qaytishi uchun yordam so‘ramoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Homid Otaxonov O‘zbekistonda hech qanday noqonuniy amallarga qo‘l urmaganini aytadi

Buxoro viloyati mahkamasi hukmi bilan O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan tojik jurnalisti Homid Otaxonov xalqaro tashkilotlar va Tojikistondagi jurnalistlar huquqlarini himoya etuvchi idoradan O‘zbekistonga qaytishiga yordam berishni so‘ragan.

Janob Otaxonov O‘zbekistonda 2003 yildan beri rafiqasi bilan birga yashab kelgan.

Ammo, o‘tgan oy oxirlarida "tojiklar va o‘zbeklar orasida nizo qo‘zg‘ash" ayblovi bilan O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan.

Jurnalistning o‘ziga ko‘ra, qaror Buxoro aholisidan ikki kishining o‘zbek xavfsizlik xizmatlariga murojaati asosida olingan.

70 yoshli sobiq jurnalist

Homid Otaxonovning aytishicha, u O‘zbekistonda yashagan paytlari hech qachon bu mamlakat qonunlariga xilof amalarga qo‘l urmagan. Shuning uchun, o‘zining O‘zbekistonda chiqarib yuborilishini xalqaro qonunlarga zid deya hisoblaydi.

Homid Otaxonovning ta‘kidlashicha, Buxoroda uning xorijiy mamlakat fuqarosi sifatidagi xalqaro me‘yorlar asosidagi huquqlari himoya qilishini lozim edi.

Ammo, O‘zbekiston huquq-tartibot organlari uni soxta ayblov bilan oilasi bilan xayrlashishga ham imkon bermay, Tojikistonga chiqarib yuborgan.

-Ayni damda, men va mening oilamni O‘zbekiston organlari ustidan shaxsiy shikoyatlar bo‘lib, buning Tojikiston va O‘zbekiston munosabatlariga biron bir aloqasi yo‘q. Men ushbu hodisa davlatlararo munosabatlarga putur yetkazishiga tarafdor emasman, - deydi janob Otaxonov.

Ammo, O‘zbekiston qonunlariga binoan mamlakatdan chiqib ketish uchun 5 kun berilishi kerakligi aytiladi.

Tojikistondagi mustaqil omaviy axborot vositalari uyushmasi raisi Nuriddin Qarshiboyev ham Homid Otaxonov yetmish yoshli keksa shaxs ekani, oxirgi o‘n yil davomida jurnalistika sohasida faoliyat qilmaganini ta‘kidladi.

-Prokuratura ikki kishining bayonoti asosida janob Otaxonovni tojiklar va o‘zbeklar orasida milliy nizo qo‘zg‘atish aylovi bilan O‘zbekistondan chiqarib yuborgan. Ammo, u Tojikiston axborot vositalari bilan hamkorlik qilmagan. Qanday sharoitda va qaysi nashriyalarda u milliy nizo qo‘zg‘atish borasida maqola yozishi mumkin, - deb aytdi janob Qarshiboyev.

"Bemorga qarashga hech kim qolmagan"

Homid Otaxonovga ko‘ra, uning O‘zbekistondan chiqarib yuborilishi ortidan saraton kasaliga chalingan rafiqasi ahvoli yomonlashgan.

Ularning birgina qizlari oilasi bilan Turkiyada yashaydi. Shu bois ham, bemor xotiniga qarash uchun hech kim yo‘q.

U mazkur vaziyatni chigallashtirmaslik uchun bayonot berish yo boshqa amallarga qo‘l urishdan voz kechib ketganligini aytadi.

Sobiq Sovet Ittifoqi davrida Homid Otaxonov Dushanbe shahridagi "Izvestiya" gazetasida ishlagan. 1993 yil Tojikistonda ichki urushii boshlanishi ketidan Dushanbeni tark etib, Maskva shahrida yashagan.

Turmush o‘rtog‘ining xastaligi sababli janob Otaxonov Maskvadan Buxoro shahriga ko‘chgan. Va o‘tgan sakkiz yil asnosida rafiqasiga qarab kelgan.

U ushbu muammo tezda hal bo‘lishiga va turmush o‘rtog‘i oldiga kaytib borishiga umid qilishini aytdi.