Nosir Zokir:"Press.uz dagi maqolani men yozmaganman"

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди
Фото муаллифлик ҳуқуқи bbc

Namanganlik jurnalist va muxolifat faoli Nosir Zokir O‘zbekiston Xalq Harakati va uning rahbarini qoralovchi hukumatparast saytdagi maqola muallifligini rad etdi.

24 sentyabr kuni yarim rasmiy "Press-uz. info" saytida "Birdamlik" harakatining Farg‘ona vodiysi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Nosir Zokir nomidan chop etilgan rus tilidagi maqolaga "O‘zbekiston Xalq Harakati xalqqa nima bera oladi? Hech narsa!" deb sarlavha qo‘yilgan.

Unda Muhammad Solih rahbarligidagi O‘XH ning "uzoqni ko‘ra olmaydigan" siyosati tanqid ostiga olinadi.

Sho‘ro uslubidagi siyosiy paflet janrida yozilgan maqolada O‘XH faollari davlat idoralaridagi xodimlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularni davlat siyosatiga qarshi chiqishga da‘vat etayotgani, bu kabi chaqiriq esa "O‘zbekistondagi vaziyatni yaxshi bilmaslik natijasi" ekani aytiladi.

"Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bir-ikki prokuror va sud‘ya xalqning dastagisiz davlat siyosatiga qarshi borishi mumkinmi? Shubham bor", deya istehzo qilinadi maqolada.

Unda O‘XHning faoliyati shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilliga kutilgan diniy-siyosiy mahbuslar avfi amalga oshmay qolgani uchun ham malomat qilingan.

Press-uz. dagi maqolada yangi tashkil etilgan muxolifat harakati avval-boshdan o‘zbek xalqiga qarshi bo‘lgani va hokimiyat uchun kurashda "diniy-terroristik yo‘lni" tanlagani da‘vo qilinadi.

BBC bilan suhbatda Nosir Zokir bu kabi maqolani yozmagani va unga rasmiy raddiya berish niyatida ekanini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatparast saytdagi maqoladan maqsad "muxolifatni bir-biriga qarshi qayrash"dir.

Nosir Zokir o‘tmishda siyosiy va jurnalistik faoliyati uchun ikki marta qamoqqa tashlangan.