Qashqadaryoda paxta terimidan qaytayotgan o‘quvchini mashina urib ketdi

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida paxta yig‘im-terimidan qaytayotgan maktab o‘quvchisini avtomobil urib ketishi natijasida qattiq tan jarohati olgan.

Hodisa Chiroqchi-Qarshi yo‘lida 24 sentyabr kuni yuz bergan.

1998 yilda tug‘ilgan Chiroqchi tuman 24-maktabning 7 sinf o‘quvchisi ekani aytilgan Bahodir Pardayev ahvoli og‘irligi aytiladi.

Shifokorlar Bahodir Pardayevning orqa miya o‘zagi, o‘ng jag‘ suyagi, o‘ng qul, o‘ng biqin va o‘ng oyog‘i qatti jarohatlanganini aytishgan.

Bola hozirga qadar ham hushiga kelmagan. Bahodir avval Chiroqchi tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilgan, biroq ahvolida o‘zgarish bo‘lmagani sababli, Qashqadaryo viloyati shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga olib ketilgan.

Bahodir Pardayevning ota-onasi BBC bilan suhbatda hodisani sodir etgan kishining shaxsi aniq bo‘lishiga qaramay, javobgarlikka tortilmagani, aksincha, uning yaqinlaridan biri po‘pisa qilganini aytishgan.

"Hech kim javobgarlikka tortilmayapti. Hech kim so‘ragani yo‘q, xabar ham olmayapti. Paxtaga noqonuniy olib chiqqan raislar ham, hech qaysi ko‘ngil so‘rab ham kelishmadi. Faqat maktab direktori xabar olayapti", deydi Bahodirning onasi Mahbuba Pardayeva.

"Men uyda emas edim, bu xotinlarga aytibdiki:"Men viloyat hokimining odamiman, men jurnalistman", deb aytgan. Biz mol dunyomiz ketsa ham bolamizni tikka qilsak bo‘ldi, deb Xudodan so‘rab o‘tiribmiz", deydi Adham Pardayev.

BBC Chiroqchi tuman ichki ishlar bo‘limi bilan ham bog‘langan, ular hodisa bo‘yicha tergov ochilganini ma‘lum qilishgan.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди