BBC mehmoni - Meli Qobilov

Image caption Meli Qobilov O‘zbekiston parlamenti qonunchilik qo‘mitasining a‘zosi bo‘lgan

BBCUzbek.com o‘quvchilarining savollariga SSSR KGBsining sobiq xodimi, 1990-yillarda O‘zbekiston parlamentining deputati va siyosiy mahbus Meli Qobilov javob beradi.

Meli Qobilov 1943 yilda Jizzax shahrida tavallud topgan.

1978 yilda Sirdaryo viloyat pedagogika institutining tarix fakulteti, 1991 yilda esa Toshkent Davlat Universitetining huquqshunoslik fakultetlarida tahsil olgan.

1969 yildan 1988 yilgacha SSSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi-KGB idoralarida ishlagan.

1962-1968 yillarda Olmoniyada xizmat qilgan.

KGB mayori va SSSR Qurolli kuchlarining faxriysi.

Iste‘foga chiqqach, Oliy Kengash deputatligiga saylangan Meli Qobilov parlamentning qonunchilik va huquq-tartibot qo‘mitasi a‘zosi bo‘lgan.

1994 yil 27 oktyabrda, parlament deputati ekan, hibsga olinadi.

U amaldagi hokimiyat, xususan, Jizzax viloyatidagi amaldorlarning noqonuniy xatti-harakatlariga qarshi kurashgani tufayli soxta ayblovlar bilan qamoqqa tashlanganini aytadi.

2002 yilda qamoqdan ozod etilganidan so‘ng, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullangan.

2010 yilda unga qarshi ikkinchi jinoyat ishi ochiladi.

"Soxta guvohlik berish"da ayblangan Meli Qobilov jarimaga tortilib, advokatlik litsenziyasidan mahrum etiladi.

U bilan birga ayblangan o‘g‘li Bekzod Qobilov esa, 2 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.

2009 yilda Qobilovlar oilasining yana uch a‘zosi-ikki o‘g‘li va kelini ta‘magirlikda ayblanib, uzoq yillik qamoq jazolariga mahkum etilgan.

Meli Qobilov o‘zi va oilasiga qarshi tazyiqlar ortida siyosiy, inson huquqlari va advokatlik sohasidangi faoliyatlari turganini aytadi.

BBC mehmoniga savollaringizni sahifamiz pastidagi maxsus forma orqali yo‘llang.

Suhbatni shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz, uning to‘liq matni bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

Elektron pochtamiz: uzbek@bbc.co.uk

SMS raqamimiz: +447786201124meli