Paxta qurboni komadan chiqdi, ammo tergovdan darak yo‘q...

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

O‘zbekistonda paxta terimidan qaytayotganida mashina urib yuborishi ortidan qattiq jarohatlar olib, koma holatiga tushgan 13 yoshli Bahodir Pardayev hushiga kelgan.

Qarshi viloyatidagi Chiroqchi tumanida yashovchi 7-sinf o‘quvchisi miya jarohatlanishi va oyoq-qo‘llari sinishi ortidan uch haftadirki kasalxonada behush yotgandi.

bu yerga bosing Halokat Chiroqchi-Qarshi yo‘lida yuz bergandi.

Bahodir avval Chiroqchi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan, biroq ahvolida o‘zgarish bo‘lmagach, Qashqadaryo viloyati shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgandi.

Uning misoli O‘zbekistondagi paxta terimiga bolalar majburan jalb qilinishi haqidagi da‘volarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

O‘zbekiston hukumati ikki yil muqaddam bolalar mehnatiga qarshi ikki muhim konventsiyani ratifikatsiya qilgan, ammo fuqaroviy jamiyat faollariga ko‘ra, amaldagi vaziyat o‘zgarishsiz qolmoqda.

Bir qator xalqaro tashkilotlar o‘zbek paxtasini boyqot qilish yo‘lida bir necha yildan beri kampaniya olib bormoqdalar.

O‘zbekistonlik inson huquqlari faollariga ko‘ra, O‘zbekistondagi iqtisodiy sharoit tubdan o‘zgarmas ekan bolalar mehnatidan foydalanish davom etaveradi.

Bahodir Pardayevning ota-onasiga ko‘ra, uning ahvoli bilan na mahalliy rasmiylar va na tergovchi qiziqmoqda.

Ular gumondor shaxs hanuz javobgarlikka tortilmaganini aytishadi.

O‘smirning otasi Adham Mustayev BBC bilan suhbatda hozirda maqsadi "o‘g‘lini oyoqqa turg‘izib olish" ekanini aytdi.

Adham Mustayevga ko‘ra, o‘g‘li o‘ziga kelib, ovqatlana boshlagan.

Shifokorlar Bahodirning "ikki-uch kunda" to‘la o‘ziga kelishini ma‘lum qilganlar.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди