O‘zbekistonda Clinton uchrashgan faollar davrasi torroq edi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters
Image caption Suhbat jarayonida Klinton xonim Prezident Karimov bilan uchrashuv chog‘i inson huquqlari borasida gaplashilgani haqida ma‘lum qilgan

O‘zbekistonga safar qilgan Amerika Davlat kotibasi Hillari Klinton Toshkentda o‘zbekistonlik fuqaroviy jamiyat a‘zolari bilan uchrashgan.

Toshkentdagi Amerika elchixonasida tashkil etilgan yig‘inda bor-yo‘g‘i 4 faol ishtirok etgani aytiladi. Ulardan biri Buxorodagi inson huquqlari himoyachisi Shuhrat G‘aniyev, farg‘onalik huquq faoli Abdusalom Ergashev, Toshkentdan O‘zbekiston tadbirkor ayollari uyushmasidan Mahmudova va Jizzaxdagi "Istiqbolli avlod" yoshlar ma‘rifat markazidan Nafisa Kamolovalar ishtirok etishgan.

Abdusalom Ergashevning aytishicha, suhbat jarayonida Klinton xonim Prezident Karimov bilan uchrashuv chog‘i inson huquqlari borasida gaplashilgani haqida ma‘lum qilgan.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

"Qanday talablar qo‘yganini aytmadi. Lekin, shu masalar yuzasidan gaplashilganligini aytdi. "Demokartiya va fuqarovlik jamiyatini rivojlantirish borasida fikrlashib oldik", degan iborani aytdi," deydi faol.

Ammo, unga ko‘ra, AQSh Davlat kotibasi O‘zbekistonda inson huquqlari ahvoli yaxshilashga oid tavsiyalar va yo va‘dalar bermagan.

"Biz bilan suhbatda biron tavsiyalar yoki ma‘lumot bermadi. Lekin, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston bilan barcha sohalarda muloqot olib borishi, shu o‘rinda inson huquqlarini ham o‘ringa qo‘ygan holatda muloqot olib borishini aytdi", deydi farg‘onalik huquq faoli Abdusalom Ergashev.

Hillari Klintonning O‘zbekistonga safari oldi Human Rights Watch tashkiloti bayonot e‘lon qilgan va Prezident Karimov bilan uchrashuvlari chog‘i hibsxonalardagi huquq faollari ahvoli, fuqaroviy jamiyatlar erkin faoliyat yuritishiga izn berish, hibsxonalardagi qiynoq hollariga chek qo‘yish va bolalar mehnatidan foydalanishni to‘xtatish talablarini qo‘yishi kerakligini aytgandi.

Ammo, Amerika elchixonasida kechgan suhbat jarayonida bu xususida gapirilmagan va davlat rahbari bilan uchrashuvda ham mazkur masalalar ko‘tarilganmi yo‘qligi bildirilmagan.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

"Yo‘q, Klinton xonim fuqarolik jamiyati 4ta vakili bilan uchrashuvga nimalar to‘g‘risida gapirganligi yuzasidan hisobot berish uchun kelmagan edi, chamamda. Bizdan, shu 4ta vakildan Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasida qanday mavzularga ahamiyat berilishiga loyiq bir fikrlarni eshitishni xohladi, manimcha. Man ko‘targan masala, Farg‘ona vodiysidagi vaziyat bo‘ldi. Ya‘ni, Qirg‘iziston janubidagi vaziyatning Farg‘ona vodiysiga ko‘rsatayotgan ta‘siri, vaziyat qaltis ekani haqida bo‘ldi", deydi huquq faoli Abdusalom Ergashev.

Amerika Davlat kotibasi bilan uchrashuvga O‘zbekistondagi asosiy inson huquqlari tashkilotlari rahbarlari taklif etilmagan.

Toshkentdan norasmiy Ekspert ishchi guruhi faoli Suhrob Ismoilov bu Amerika-O‘zbekiston aloqalarining iliqlashuvidan asosiy maqsad Afg‘oniston masalasiga ko‘proq diqqat qaratilayotganiga bog‘liq bo‘lishi kerak degan fikrni bildirdi:

"O‘zbekiston va Amerika hukumatlari orasida munosabatlar juda yaqinlashishi kuzatilmoqda. Va bu munosabatlarning yangi etapida ko‘proq o‘sha Afg‘onistondagi amaliyotlariga O‘zbekiston, qisman, tojikiston hukumatlari hamkorlik qilishi, yordam berishi ko‘zda tutilayotganligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Shu holatda, Amerika hukumati O‘zbekistondagi siyosiy huquqlar, iqtisodiy ahvol, ijtimoiy ahvol, umuman, inson huquqlari holati bo‘yicha o‘zlarining erkin munosabatlari, pozitsiyalarini bildiradigan fuqarolik jamiyati vakillari bilan muloqotdan qochishga harakat qilayotgan bo‘lishlari mumkin", deydi Suhrob Ismoilov.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди