Sobiq mahbus: "O‘zbekiston qamoqxonalarida "yollanma qiynoq qo‘llovchilar" haqiqatan ham bor"

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди
Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC World Service

"Ferghana.ru" xabar agentligi vebsahifasida O‘zbekiston qamoqxonalarida mahbuslarni qiynoqqa tutish bilan shug‘ullangan "yollanma agent"ning iqrori, deya taqdim etilgan vedeotasma atrofida turli fikrlar bildirilmoqda ekan, BBC bu da‘volarning ne qadar asosli ekanligini tekshirishga harkat qildi.

Ushbu videotasmada o‘zini Aleksandr Rahmonov, deya tanishtirgan shaxs O‘zbekiston qamoqxonlari va tergov izolyatorlarida iqror va ma‘lumotga erishish yo‘lida mahbuslarni qiynoqqa solish uchun maxsusan yollanganligini hikoya qilgandi.

Aleksandar Rahmonovning da‘vo qilishicha, asosan diniy va siyosiy ayblovlar bilan hibsga olinganlarni qiynoqqa tutish va hattoki o‘ldirish uchun maxsus xizmatlar tomonidan yollanib yillar mobaynida turli qamoqxonalar kameralarida "faoliyat" yurgizgan.

Hozirda O‘zbekistondan tashqarida yashayotgan sobiq diniy mahkum BBC bilan suhbatda o‘zini Aleksandr Rahmonov, deya tanishtirgan shaxs da‘volarida keltirilgan holatlarga shaxsan o‘zi guvoh bo‘lganligini aytdi.