Marat Zohidov: "Hurmatli Prezident, yoshlarning muxolif g‘oyalarga berilishlariga sabab O‘zbekistondagi ijtimoiy vaziyatdir"

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Marat Zohidovga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlarining turli g‘oyalarga berilishlariga sabab mamlakatdagi ijtimoiy muammolardir.

Shaxs Huquqlarini Himoya Qilish Qo‘mitasi raisi Marat Zohidov O‘zbekiston Prezidenti nomiga ochiq maktub yo‘llab mamlakat yoshlarining turli g‘oya va oqimlarga berilib ketishlariga sabab ijtimoiiy vaziyat ekanligini aytgan.

Ushbu vaziyatning muammoli qirralari sifatida Marat Zohidov maktab, kollej va oliy o‘quv dargohlaridagi ahvol, fermerlarning ayanchli vaziyati va "optimallashtirish siyosati" bahonasi bilan mahalliy hokimlarning noqonunuiy amallari, ishsizlik va rahbarlarning samarasizligi kabi muammolarni tilga olgan.

Janob Zohidovga ko‘ra, O‘zbekiston maktablarida bilim berish saviyasi past, bundan tashqari qishloq yerlardagi maktablarda o‘quvchilar o‘quv yilining 3 oyini dalada o‘tkazadilar.

Kollejlarda esa yaxshiroq kasbga kirish va imtihonlardan o‘tib olish uchun poraxo‘rlik avj olgan.

Oliygohlarni bitirib chiqan yoshlar ish bilan ta‘minlanmaydilar.

"Rasmiy hisobotlarda yangi tashkil etilayotgan yuz minglab ish o‘rinlari aslida qog‘ozda xolos", deyiladi Marat Zohidovning ochiq maktubida.

Unga ko‘ra, oxirgi yillarda optimallashtirish siyosati bahonasida ko‘plab fermer xo‘jaliklari tugatib yuborildi. Mahalliy hokimlar arizmagan bahonalar bilan fermeralardan yerlarini tortib olmoqdalar. Buning natijasida fermer xo‘jaliklari ortidan yaratilgan do‘konlar, tsexlar va bog‘-rog‘lar yo‘qotilib yuz minglab kishilar ishsiz qolishdi.

Ochiq xatda aytilishicha, ishsizlik natijasida xorijga yo‘l olishga majbur bo‘lgan yoshlarni muxolif guruh va harakatlar o‘z tomonlariga "og‘dirishga" harakat qilmoqdalar.

BBC Marat Zohidov bilan bog‘lanib ushbu maktubni nima maqsadda yozganligini so‘radi:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди