Londonda O‘zbek-Britaniya Savdo va Investitsiyalar Kengashining yillik anjumani ochildi

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption O‘zbek-Britaniya Savdo va Investitsiyalar kengashining Londonda bo‘lib o‘tayotgan yillik anjumani kun tartibida aynan qanday masalalar ko‘rilayotgani ma‘lum emas.

O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasi ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbek-Britaniya Savdo va Investitsiya Kengashining navbatdagi yillik anjumani Londonda ochildi.

Londonda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuv tafsilotlari va umuman ushbu Kengashning faoliyati haqida ko‘p narsa ma‘lum emas.

Britaniya elchixonasi tomonidan taqdim qilingan ma‘lumotga ko‘ra, bu galgi yillik uchrashuv 18 chisi va O‘zbekiston tomonidan 16 kishidan iborat hay‘at Londonga yetib kelgan.

Hay‘atga O‘zbekiston Tashqi Iqtisodiy Aloqalar vaziri Galina Saidova rahbarlik qilmoqda.

Hay‘at tarkibida Oliy va O‘rta Ta‘lim vaziri o‘rinbosari va "Uzbekneftegaz" Milliy Xolding shirkati raisi o‘rinbosarlari ham bor.

O‘tgan yilgi Kengashning yillik anjumani Toshkentda o‘tkazilgandi.

O‘shanda Britaniya tomoni hay‘atiga Britaniya Qirolligi oilasi a‘zosi, shahzoda Maykl rahbarlik qilgan bo‘lib, 38 shirkat vakillarini o‘z ichiga olgan.

Yana Britaniya elchixonasi ma‘lumotlariga binoan, bu yilgi anjumanda "ExxonMobil International", "British American Tobacco", "Rio Tinto" va "Tethys Petroleum" vakillari doxil 55 shirkat vakillari ishtirok etmoqdalar.

O‘zbek-Britaniya Savdo va Investitsiyalar Kengashining asociy maqsadi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo va biznes aloqalari imkoniyatlarni mubohasa etib, rivojlantirish, deya aytilgan.

Kengashga 1992 yili asos solingan.

Lekin uning faoliyati, savdo va investitsiyalar sohasida ne qadar ilgari qadamlar qo‘yilganligi borasida ma‘lumot juda oz.

Kengash tomonidan chiqarilgan bayonotlarda ikki tomon o‘rtasidagi savdo va investiyatsiyalar hajmi haqida hech qanday ma‘lumotlar berilmaydi.

Ko‘plab kuzatuvchilarga ko‘ra, bu Kengashning mavjudligi bir ma‘noda ramziydir, chunki amalda tijorat va sarmoya yotqizishda o‘sish deyarli ko‘zga tashlanmaydi.

Britaniyaning "Oxus-Gold" va Amerikaning "Newmont" shirkatlari bilan tuzilgan qo‘shma korxonlar O‘zbekiston soliq qonunchiligini buzishda ayblanib, faoliyatlari to‘xtatilganidan so‘ng xorijiy shirkatlar sarmoya yotqizishda anchayin ehtiyotokor ekanliklari aytiladi.