O‘zbekistonda shundoq ham taqchil benzinga narxlar yana oshadimi?

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

O‘zbekiston bo‘ylab bir necha oy avval paydo bo‘lgan avtomobillar uchun yoqilg‘i taqchilligi muammosi hanuz davom etmoqda.

Xorazmlik huquq faoli Hayitboy Yoqubovning BBC bilan suhbatda bildirishicha, viloyat bo‘ylab yoqilg‘i quyish shahobchalarida uzundan-uzun navbatlar paydo bo‘lgan.

Haydovchilar ba‘zida kun bo‘yi navbatda turishga majburlar.

Ayni vaqtda benzinni noqonunuiy ravishda shaxsiy tartibda ikki barobarga oshiq narxda olib-sotish hollari kuzatilmoqda.

Huquq faoliga ko‘ra, yoqilg‘i quyish shahobchalarida 1800-2000 so‘m bo‘lgan benzinni olib-sotarlar 4-5 ming so‘mga sotmoqdalar.

Bundan tashqari yoqilg‘i quyish shahobchalarida xaridorlardan plastik kartochka orqali to‘lov qabul qilishdan voz kechish va faqatgina naqd pulga savdo qilish holatlari ham kuzatilgan.

Yoqilg‘i taqchilligi viloyatdagi transport vositalari qatnovi va yo‘l haqiga ham ta‘sir ko‘rsatgan.

Xususiy tartibdagi transport xizmatidan foydalanish oxirgi oy mobaynida 800 so‘mdan ming so‘mga ko‘tarilgan.

Benzindan tashqari Xorazm viloyatida gaz va elektr energiyasi ta‘minoti ham yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Gaz bosimi past, elektr energiyasi ta‘minotida esa mutassil uzuilishlar ro‘y berib turibdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Toshkentlik iqtisodiy sharhlovchi Jahongir Shosalimovning aytishicha benzin taqchilligi poytaxtda ham hanuz kuzatilmoqda.

Uning aytishicha, poytaxtlik haydovchilar kun bo‘yi bo‘lmasa ham kamida yarim soat benzinga navbatda turishga majburlar.

Ammo avtomobillari suyultirilgan gazda yuruvchi haydovchilar uchun ahvol yomonroq. Ular gaz uchun 7-8 soatlab navbatda turishga majbur bo‘lmoqdalar.

Rasmiylar O‘zbekiston bo‘ylab bir necha oydan beri kuzatilayotgan yoqilg‘i taqchilligining sabablari haqida shu vaqtgacha izoh bermaganlar.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Ayni vaqtda kelgusi yil birinchi yanvaridan boshlab, O‘zbekiston hukumati naqliyot vositalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan benzin va dizel yoqilg‘isi hamda gaz uchun soliqlarni 25 so‘mga oshirishni rejalashtirganligini ma‘lum qildi.

Shuningdek, yer solig‘i, mol-mulk va suv resurslaridan foydalanish solig‘i 20 foizga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan jismoniy shaxslarga nisbatan ma‘muriy javobgarlik choralari yanada kuchaytiriladi.

Biroq, shu bilan birga, kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan olinadigan yagona soliq to‘lovi 6 foizdan 5 foizga qisqartirilishi aytilmoqda.

Iqtisodiy sharhlovchi Jahongir Shosalimovning aytishicha, hukumat harbiy va xavfsizlik xarajatlarini soliqlarni oshirish hisobiga qoplashga urinmoqda.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди