BBC navigation

O‘zbekistonda eng kam ish haqini belgilash tartibi o‘zgargan

Сўнгги янгиланиш 16 сентябр 2012 - 14:22 GMT

Mehnat qonunlariga kiritilgan yangi o‘zgarishlarga muvofiq bundan buyon eng kam ishi nulinchi emas, balki birinchi razryad bo‘yicha belgilanadi.

Aloqador mavzularO‘zbekistonAyrim hisob-kitoblarga ko‘ra, bu eng kam ish haqi miqdori ikki barobarga ortadi deganidir.

Hozirda bu miqdor 72 ming 355 so‘m yoki qora bozor kursi bo‘yicha 26 dollarga yaqinni tashkil qiladi.

Toshkentdan iqtisodchi Jahongir Shosalimovning aytishicha, so‘nggi o‘zgarish iqtisod uchun "hech qanday" ahamiyatga ega emas.

"Bu xo‘jako‘rsinga chiqarib qo‘yilgan raqam hech narsani hal qilmaydi. Raqamlarni bunday ko‘tarish bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Chunki, bunaqa oylikka yashab bo‘lmasligini hamma biladi", deydi iqtisodchi.

O‘zbekistonda rasman aholi turmush darajasini ko‘tarish maqsadida maoshlar oshirilishi aytiladi.

Ammo, oddiy odamlar ish haqlari oshirilishi haqidagi xabarni xursandchilik bilan emas, xavotir bilan qarshilashlarini aytishadi.

Avvalgi yillarda eng kam ish haqi ko‘paytirilganidan keyin jamoat transporti yoki kommunal xizmatlar ayrim turlari uchun haqlar ikki baravarga oshgani kuzatilgan.

Bu qimmatlashuvlar ko‘p hollarda prezident farmonida ko‘zda tutilgan oshirilgan maoshni ishchi-xizmatchilar o‘z qo‘llariga olmasdan turib yuz bergan.

Jahongir Shosalimovning ta‘kidlashicha, hozirda soliqlar, gaz, suv to‘lovlarining o‘zi "har bir oilaga 200 ming so‘mdan ortiqqa tushayotgan" bir paytda O‘zbekiston hukumatining ushbu qadamini aholi turmush tarzini ko‘tarish yo‘lidagi sa‘y-harakatlari sifatida qabul qilish mumkin emas.

"Soliqlarning o‘ziga 200 ming ketadi, yashash uchun yana 300 ming. 500 mingdan kam daromad qiladigan oila bu umuman inqirozga mahkum bo‘lgan oila", deydi u.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shu yilning 1 avgustidan eng kam ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish haqida farmon chiqargandi.

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.