BBC navigation

Tarix sahifalari: Mirzo Ulug‘bekning qotili kim?

Сўнгги янгиланиш 25 декабр 2012 - 15:06 GMT

Медиа плейер

Buyuk munajjim Mirzo Ulug‘bekning o‘g‘li Abdullatifning padarkush sifatidagi qiyofasi tarix va adabiyot sahifalarida muhrlanib qolgan. Ammo yaqinda Samarqandda dunyo yuzini ko‘rgan kitobda tarixning ana shu muhrini o‘zgartiradigan faraz ilgari suriladi.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

1449 yilning oktyabri, Makkaga yo‘l olgan Movaraunnahrning taxtdan ag‘darilgan hukmdori Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning karvonini shom namozi vaqtida bir chopar quvlab yetadi.

Abbos ismli navkar yangi hukmdor nomidan Ulug‘bekka otdan tushib, bir muddat to‘xtab turishni, unga "yarashgulik asbobu anjom hozirlanayotgani"ni aytadi.

Mirzo Ulug‘bek navkarlari bilan yaqin oradagi kichik qal‘aga qo‘nadi va olov yoqishni buyuradi.

Shu asnoda nogahon bir shaxs hamrohligida ichkariga kirgan Abbos Mirzo Ulug‘bekka chang soladi.

So‘ng uni tashqariga olib chiqib, mash‘ala yoniga tiz cho‘ktiradi va tarixchi Mirxondning ta‘biricha, "shamshirning bir zarbi ila shahidlik darajasiga yetkazadi"...

Olimu odil podshoh 56 yoshida shu asno qatl etiladi.

Faqat tinch oqayotgan ariq va mayin esayotgan shamolgina buyuk munajjimning o‘limiga sassiz guvoh bo‘ladilar...

Mirzo Ulug‘bek o‘limining tarixda bilingan tafsilotlari ana shular.

U o‘zini taxtdan ag‘dargan o‘g‘li Abdullatifning buyrug‘iga asosan qatl etilganiga ishoniladi.

Abdullatifning padarkush sifatidagi qiyofasi esa tarix va adabiyot sahifalarida muhrlanib qolgan.

Ammo yaqinda Samarqandda dunyo yuzini ko‘rgan kitobda tarixning ana shu muhrini o‘zgartiradigan faraz ilgari suriladi.

Kitob muallifi, Ulug‘bek rasadxonasining sharhlovchisi Ikromiddin Sirojidddinovning aytishicha, Ulug‘bekni o‘ldirishga Mo‘g‘luq xon farmon beradi va Abdullatifga to‘nkaydilar.

Pahlavon Sodiq kitob muallifi hamda tarixchi olim Ashraf Ahmedovlar bilan ana shu faraz haqida suhbatlashgan.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.