BBC navigation

Mamadali Mahmudovning qamoqdan chiqishiga 'umidi qolmagan'

Сўнгги янгиланиш 20 март 2013 - 17:41 GMT

Медиа плейер

14 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli adib Mamadali Mahmudovning jazo muddati yana bir necha yilga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda yaqinlariga uning himoyachisi ma‘lum qilgan.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

14 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli adib Mamadali Mahmudovning jazo muddati yana bir necha yilga uzaytirilishi mumkin.

Bu haqda yaqinlariga uning himoyachisi ma‘lum qilgan.

72 yoshli yozuvchi bilan 6 mart kuni Toshturmada uchrashgan himoyachisining aytishicha, Mamadali Mahmudov ustidan o‘tgan oy boshlangan yangi tergov jarayoni nihoyasiga yetgan va u ayblov xulosasi bilan tanishtirilgan.

Unga muvofiq, taniqli adib O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 221 - moddasi - "Jazoni ijro etish muassasi ma‘muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik" da ayblanmoqda.

Ushbu modda eng kam uch yarim yil, eng ko‘p besh yillik qamoq jazolarini nazarda tutadi.

Mamadali Mahmudov ustidan mahkamaning qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi noma‘lum.

'Baribir qo‘shib berishadi'

Taniqli shoira va muxolifat faoli Dilorom Ishoqovaning himoyachiga iqtibosan bildirishicha, Mamadali Mahmudovga ja‘mi 31 epizod bo‘yicha ayb qo‘yilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mamadali Mahmudov bu ayblovlarning barchasini rad etgan, ammo ayblov xulosasiga imzo chekkan.

"Achinarlisi shuki, Mamadali aka ayblov xulosasiga hech narsa demasdan qo‘l qo‘yib bergan. Himoyachining "qamoqxona tartibini buzmagan bo‘lsangiz, nega qilmagan aybingizga iqror bo‘lib, qo‘l qo‘ydingiz?" degan savoliga u "buning ahamiyati yo‘q, qo‘l qo‘yamanmi, qo‘ymanmanmi, menga baribir qo‘shib berishadi", - deb javob bergan. Mamadali akaning qamoqdan chiqishiga umidi qolmagan, - deydi Dilorom Ishoqova Bi-bi-si bilan suhbatda.

Unga ko‘ra, himoyachisi Mamadali Mahmudovning avvalroq qamoqxonada boshi yorilishiga nima sabab bo‘lgani haqida ham so‘ragan.

Mamadali Mahmudov qon bosimi ko‘tarilishi natijasida ko‘zi qorayib, yiqilgani va boshidan jarohat olganini aytgan.

O‘tgan yil noyabrida yozuvchini qamoqxonada borib ko‘rgan qizi uning boshida chuqur yara borligini aytgan, bu esa 72 yoshli adib qiynoqqa solinayotgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni uyg‘otgan edi.

72 yoshli adib qator xastaliklardan azob chekishi aytiladi.

'Aybsiz'

Adabiy tahallusi Evril Turon bo‘lgan Mamadali Mahmudov 1999 yilda Toshkentda yuz bergan portlashlarga aloqadorlikda ayblanib, 14 yillik qamoq jazsiga mahkum etilgandi.

Mahkama jarayonida u o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etgan va qiynoqqa solinganini aytgan.

O‘tgan oy 14 yillik qamoq muddati nihoyasiga yetarkan, Toshkent viloyatining Chirchiq tumanidagi UYa 64/6 jazo muassasida yozuvchiga qarshi yangi jinoyat ishi ochilgani haqida xabar olingan.

Xalqaro Pen klub va jahondagi bir qator taniqli yozuvchilar O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga Mamadali Mahmudovni ozod etishni so‘rab, maktublar yo‘llashgan.

Inson huquqlari tashkilotlari Mamadali Mahmudovning aybsiz ekanini aytib, uni ozod etishni talab qilib kelib keladilar.

Ularga ko‘ra, Mamadali Mahmudov taniqli shoir va muxolifat rahbari Muhammad Solihga yaqinligi uchun jazolangan.

Avvalroq Muhammad Solihning ukasi Muhammad Bekjonning jazo muddati ham qamoqxona tartibini buzgani vajidan uzaytirib qo‘yilgandi.

Bi-bi-si bilan suhbatda taniqli shoira va muxolifat faoli Dilorom Ishoqova Mamadali Mahmudovning umidsizligidan qayg‘uga tushganini aytadi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.