Chagaev Pianetaga qarshi jang qiladi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP
Image caption Руслан Чагаев ўз ғалабасига ишонади

WBA tasnifida eng og‘ir vazn toifasida amaldagi jahon chempioni, o‘zbekistonlik nomdor bokschi Ruslan Chagaev o‘zining raqibi olmoniyalik Franchesko Pianeta bilan Olmoniyaning Magdeburga shahrida matbuot yig‘ini o‘tkazishdi.

Ularning 11 iyul kuni bir-biriga qarshi ringga chiqishlari kutilmoqda.

Bu jang avvaliga 25 aprel kuni Gamburg shahrida o‘tkazilishga belgilan edi, lekin keyinchalik qoldirildi.

Ruslan Chagaevning avvalroq Bi-bi-siga aytishicha u mazkur jangga o‘zining murabbiysi Artur Grigoryan boshchiligi ostida tayyorlanmoqda va Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov boshchiligidagi "Ahmat Hoji Qodirov" klubining sha’nini yoqlaydi.

Undan oldin esa, Ruslan o‘n yilcha Germaniyaning Universum Box-Promotion klubi promouterligi ostida ringga tushib kelgan.

Ruslan Chagaevning professional boksda o‘tkazgan ja’mi janglari soni hozir 36 taga etgan. Shundan 33 tasida g‘olib chiqqan, ikkitasida mag‘lub bo‘lgan va bittasida durang natija qayd etgan.

Chagaevning raqibi "Italiyalik as" laqabi ostidagi Franchesko Pianeta Ruslandan 8 sm balandroq. U 33 jangdan 31 da g‘olib chiqqan, bitta jangda durrangga erishgan, birida mag‘lub bo‘lgan.

Uning mag‘lubiyati Vladimir Klichkoga qarshidir.

Ruslan Chagaev jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritgach, Bi-bi-si O‘zbek Xizmati bilan suhbatida sobiq raqibi, WBA tasnifida eng og‘ir vazn toifasida superchempion bo‘lgan ukrainalik taniqli bokschi Vladimir Klichko bilan jang o‘tkazish rejasida ekanini ham aytgandi.

Ruslan yana ringga tushishni niyat qilayotgan ukrainalik nomdor bokschi joriy paytda professional boksning WBO, WBA va IBF tasnifi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida amaldagi jahon chempioni ham hisoblanadi.

Biroq Ruslan Chagaevning Bi-bi-siga avvalroq aytishicha, agarda u Pianetani mag‘lub etsa, keyingi jangni u Lukas Braun bilan o‘tkazishi shart.

Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio