Uysiz bolakayning surati minglab odamlarni ilhomlantirmoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

Uysiz bolaning "Makdonalds" oshxonasidan tushayotgan yorug‘da dars tayyorlayotgani butun dunyo bo‘ylab insonlarni to‘lqinlantirmoqda.

Tibbiyot oliygohi talabasi Joys Gilos Torrefransa Filippinning Sebu shahrida olgan suratini Feysbuk sahifasida chop qilar ekan: "Men boladan ilhom oldim", deb yozgandi.

Suratdagi 9 yoshli Daniyel Kabrera tiz cho‘kkancha qo‘lbola taxta xarrakka engashib, yozuvga tutingan. Orqasida esa, "Makdonalds"ning mashhur tilla rangli belgisi ko‘rinadi.

Surat ijtimoiy tarmoqda yashin teziligida tarqalib ketgan. Uni bo‘lishgan minglab odamlar ham bolakaydan ilhom olganlarini yozishgan.

Joys Torrefransaning ishonicha, Daniyelning misoli sermashaqqat mehnat bilan har qanday to‘siqni yengib o‘tish mumkinligini ko‘rsatadi.

Surat internetda tarqalib ketar ekan, mahalliy ijtimoiy yordam xodimi Daniyelning oilasiga borib, yordam taklif qilgan.

Bolakayning hikoyasi Filippin televizion kanalida ham yoritilgan. Teleko‘rsatuvda chiqqanlar Joys Gilos Torrefransaga Daniyelning muammosini yorug‘likka chiqargani uchun minnatdorchilik bildirishgan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio