"Pasportini almashtirmagan jarimaga tortilmaydi"

Фото муаллифлик ҳуқуқи bbcuzbek

O'zbekiston Ichki ishlar vazirligidan tushuntirishlaricha, 2015 yilning 31 dekabrigacha pasportini yangi biometrik pasportga almashtirishga ulgurmagan fuqarolar jarimaga tortilmaydilar.

Bu haqda O'zbekistonda ro'yxatga olingan gazeta.uz veb-sayti xabar qilgan.

"Gazeta.uz" biometrik pasport bilan bog'liq vaziyat borasida izoh so'rab Ichki ishlar vazirligining Kirish, chiqish va fuqarolikni ro'yxatga olish boshqarmasiga murojaat qilgan.

Bu murojaatga boshqarma boshlig'i Badriddin Shorixsiev shunday javob qaytargan:

"2015 yil 31 dekabridan keyin biometrik bo'lmagan pasportni yangi biometrik pasportga almashtirayotganda, agar nobiometrik pasportning amal qilish muhlati o'tib ketmagan bo'lsa, jarimaga tortilmaydi", deyiladi O'zbekiston Ichki ishlar vazirligining Kirish, chiqish va fuqarolikni ro'yxatga olish boshqarmasi boshlig'i javobida.

"Gazeta.uz" biometrik bo'lmagan O'zbekiston fuqarosi pasportini biometrigiga almashtirishga doir qonun, qaror yoki prezident farmoni shu paytgacha jamoatchilikka ma'lum emasligi haqida yozgan.

Shu paytgacha O'zbekistonda pasportni almashtirishni tartibga solib kelayotgan hujjat O'zbekiston prezidentining 2009 yil 23 iyunda imzolagan farmonidir.

"O'zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" deb nomlangan farmonga ko'ra, o'zbekistonliklarga biometrik pasportlarni tarqatish 2011 yil 5 yanvaridan boshlangan.

Prezident farmonida biometrik bo'lmagan O'zbekiston fuqarosi pasportining eng oxirgi amal qilish muddati 2015 yilning 31 dekabri etib belgilangan.

Biometrik pasportga o'tish jarayoni butun respublika hududidamushkulliklar bilan kechdi.

Biometrik pasport olish uchun talab qilinadigan hujjatlarni yig'ish, biometrik ma'lumotlarini topshirish uchun odamlar ko'p vaqt sarflashlariga, so'ng esa pasporti tayyor bo'lishini kutib bir oycha vaqt o'tkazishlariga to'g'ri keldi.

Ayrim viloyatlarda biometrik pasportni qo'lga kiritish uchun ikki oygacha kutgan odamlar bo'ldi.

2015 yil tugaganidan keyin pasportsiz qolishdan cho'chigan insonlar oxirgi oylarda yana o'zi yashaydigan tuman yoki shahar militsiyasining pasport bo'limlariga shoshildilar, bu esa navbatlar sonini yanada ko'paytirdi.

Bir necha kun oldin esa biometrik pasportni olish uchun muddat2018 yilning 1 iyuligacha etib uzaytirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Бу мавзуда батафсилроқ