Chingiz Ahmarovni "restavratsiya" qilmoqchilar

Фото муаллифлик ҳуқуқи Asiaterra.info

Toshkent metrosi rahbariyatining Navoiy metrosidagi Chingiz Ahmarov asarlari rangini yangilash qarori Internet olamida keskin tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Toshkentlik taniqli jurnalist Aleksey Volosevichning Asiaterra.info veb-sayti xabar qilishicha, O‘zbekiston Xalq rassomi Chingiz Ahmarov ijodiga mansub 8 pannodan uchtasi allaqachon "vahshiylarcha" restavratsiyaga uchragan, to‘rttasining yarmiga bo‘yoq surtilgan, bittasiga esa hali navbat kelmagan.

Hazrat Navoiyning "Xamsa"si dostonlari asosida ishlangan pannolar moviy sopoldan ishlangan.

Aftidan, Navoiy metro bekatining marmar devorlari va pannolarning rangi unniqib qoldi, degan fikrga kelgan Toshkent metropoliteni amaldorlari ulkan pannolarni oddiy qurilish moybo‘yog‘i bilan "yangilash mumkin" degan qarorga kelganlar va bu amalning jinoyatga teng ekanini tushunmaydilar ham.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Asiaterra.info

O‘tgan yili distractify.com Internet nashri Toshkentdagi Alisher Navoiy metro bekatini dunyoning eng chiroyli metro bekatlaridan biri deb e‘lon qilgan edi.

Navoiy bekati Toshkent metrosining ikkinchi yo‘nalishida joylashgan bo‘lib, "Paxtakor" bekatiga ulangan.

"Navoiy" bekati 1984 yili foydalanishga topshirilgan.

Bu bekatda Chingiz Ahmarovning "Hamsa" mavzusidagi pannolaridan tashqari qadimiy o‘zbek me‘morchiligining girih va islimiy naqshlaridan foydalanilgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи travelagewest.com
Image caption Навоий бекати дунёдаги энг чиройли метро бекатларидан бири деб тан олинган.

Betakror ganchkorlik namunalarini o‘zida mujassam etgan.

Bekat shipi gumbaz shaklida ishlangan bo‘lib, go‘zal qandillar osilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi amaldorlarning tarixiy binolarga, me‘morchilik obidalariga va san‘at asarlariga bepisand, "yovvoyilarcha" munosabati birinchi marta uchramayotgani haqida yozmoqdalar.

Bundan oldin johillarcha buzib tashlangan haykaltaroshlik yoki rassomlik asarlarini Sho‘ro mafkurasiga xizmat qilgani uchun O‘zbek to‘ralari vayron etishga qaror qilganlar, deya tushunish mumkin.

Ammo O‘zbek rassomchiligi mumtoz vakilining mumtoz adabiy asar mavzusida yaratgan asarlarini oddiy qurilish moybo‘yog‘i bilan rangini yangilash harakatini qanday ta‘riflash mumkin?

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio