O'zbekistonda vazirlik nomi o'zgartirildi

O'zbekiston prezidenti qaroriga binoan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibi o'zgartirilgan.

gazeta.uz veb-sayti xabar qilishicha, endi bu vazirlik Mehnat vazirligi deb ataladi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog'liq vazifalar Sog'likni saqlash vazirligi ixtiyoriga o'tkazilgan.

Muhtoj oilalarga moddiy yordam berish, ijtimoiy nafaqalar to'lanishini bundan keyin Moliya vazirligi shug'ullanadi.

Pensionerlarga pensiyasi miqdorini belgilash va to'lash vazifalari 2010 yili Moliya vazirligi qoshidagi Pensiya jamg'armasiga o'tkazilgan.

Bundan keyin Mehnat vazirligi nogironlarga, urush qatnashchilari, veteranlar, yolg'iz qariyalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish vazifalaridan ozod qilingan.

Nogironlar va keksalar uylari, urush va mehnat veteranlari uchun mo'ljallangan sanatoriy va pansionatlar ham Sog'likni saqlash vazirligi tasarrufiga o'tkaziladi.

Xabar qilinishicha, bundan keyin Mehnat vazirligining asosiy vazifasi aholini ish bilan ta'minlash, bandlik dasturlarini ishlab chiqish va bu dasturlar bajarilishini nazorat qilish, mehnat muhofazasi qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, ishsiz odamlarning yangi kasb-hunar o'rganishini tashkillashtirish bo'ladi.

gazeta.uz veb-sayti xabar qilishicha, Prezident Karimovning yangi qarori O'zbekistonda ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish va aholining muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordamni kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter -BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon