Yasha O'zbekistonim! Yasha Tojikistonim!

Toshkentda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning xushchaqchaq suhbat paytidagi fotosurati tarqalgani yana ikki mamlakat yashovchilari o'rtasida ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga umid uyg'otgan.

23-24 iyun kunlari O'zbekiston poytaxtida Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo'lib o'tdi.

Sammit doirasida O'zbekiston va Tojikiston prezidentlari muzokaralar o'tkazdilar.

ShHT sammiti: Karimov Rahmon bilan uchrashdi

Internet sotsial tarmoqlarida ikki prezident fotosi ostiga qo'yilgan Like yoki "Yoqadi" degan belgilarni bosganlar soni ko'paygan.

Feysbuk foydalanuvchisi Shuhrat Rasulov: InshOlloh niyat qilamiz, viza rejimni olib tashlasalar zo'r bo'lardi!!!

Фото муаллифлик ҳуқуқи president.tj

Farkhod Abdurakhmonov: Tojik va O'zbek ikki tilda gaplashadigan bitta xalq” deganda O'zbekiston Prezidenti juda ham to'g'ri, haq gapni aytgan. Markaziy Osiyoda istiqomat qiladigan boshqa xalqlarni hech qanday kamsitmagan holda shuni alohida ta'kidlash zarurki, O'zbek va Tojik millatiday bir-biriga juda ham yaqin bo'lgan xalqlarni umuman dunyoda kam uchratasiz. Agarki, ikkita yonma-yon turgan O'zbek va Tojikni uchratsangiz ularni tashqi ko'rinishlaridan ajrata olmaysiz, faqat gapirayotgan paytlarida tillaridan farqlashingiz mumkin. Urf-odatlar, kiyinish, madaniyat va boshqa hamma jihatdan ham bu ikkala xalq birdir. Aslini olganda, umumiyatla qaraganimizda munosabatlar ikkala millat o'rtasida azaldan ham yaxshi bo'lgan va hozir ham xuddi shunday. Turli bahonalar, shaxsiy ambitsiyalar bilan ikkala davlat chegaralarida to'siqlar qo'yilganligi, ikkala mamlakat o'rtasida viza orqali borish-kelishni joriy etilishi hamda ushbu chora-tadbirlar tufayli ikkala tomondan ham fuqarolarga qiyinchiliklar tug'dirilganligiga xalqlarning hech qanday aloqasi yo'q. Bunday kaltabin ishlar Hukumatlardagi siyosatchilarning nodonligidir. Siyosatchilarning tilda bir so'zni aytib amalda boshqacha harakat etishlarini natijasida azaldan bir hududda ming yillar davomida birga yashab kelgan hozirgi Markaziy Osiyo xalqlari o'rtasida sun'iy barer qo'yildi. Shuning uchun xalqlar o'rtasidagi munosabatlarda deyarli muammo mavjud emas, davlatlararo munosabatlarning yomonlashuviga esa siyosatchilar javobgardirlar. Ular xatolarini anglab etib mazkur muammolarga chek qo'yishlari zarur. Davlatlararo munosabatlarning yaxshilanishi bevosita davlat rahbarlarining siyosiy xohish irodalariga, xalq manfaatlarini shaxsiy ambitsiyalaridan ustun qo'yishlariga bog'liqdir.

İrem Bozkurt: Ozbekiston Qirgiziston chegaralari ham ochilsa yahşi bolardi çunki karindoşlar bir biridan uzaklaşib ketyapti onam beçora yurtini korolmay hasratta koldi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи president.tj

Hussain Tursunaliev: Yaxshi bo'lishi shart va zarur. Uzog'dagilardan naf yo'q. Urish busayam, terrorchilar bostirsayam, shu ikkovisiga bostirib kelishadi. Bu mamlakatlar mustahkam bo'lsa, hech qaysi yovuz kuchlar tinchligimizni buza olmaydi. Allohu a'lam.

Rustam Tadjiev: Xudo xohlasa yaxshi bo'lishini istaymiz. Chunki yon qo'shning jon qo'shning degan maqol bor. Tojikiston urf odati dini bilan bizga yaqin, hatto qarindosh urug'chilik qilganlar ham bor. Tojikistonda ham O'zbekistonda ham ikki millat vakillari istiqomat qilishadi.

Kamil Kasimov: Yaxshilanishi kere.

Mirzo Ulug Bek: Xudo xohlasa yaxshilanadi.

Baxtiyor Sidikov: Ikki davlatning podsholari bir-biriga yaqin do'st bo'lsa xalq ham bir-biriga yaqin qarindosh bo'ladi.

Elyor Walker Akramov: Uzbeklar va Tojiklar doim dost bolgan!

Omonboy Ochilov: Nima yomonmidi? Biz hech kim b-n yomonmacmiz.

Abdusattor Jaloyir: Shundogam yomonmasku

Sanjar Umarov: Omin ilohim yaxshi bulishinini tilaymiz....

Маруф Касымов: Надеемся.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг

Бу мавзуда батафсилроқ