UNESCO e'tirof etgan g'avvos momolar

Jeju orolidagi henyo momolar Фото муаллифлик ҳуқуқи BBCUZBEK.COM

BMTning ma'rifat, ilm-fan va ma'rifat jamg'armasi - UNESCO Janubiy Koreyaning henyo ayollari madaniyatini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritdi.

Henyoning ma'nosi dengiz ayolini anglatadi.

Bundan uch asrcha oldin Janubiy Koreyaning Jeju orolida matriarxal jamiyat yuzaga kelgan, ayollar dengiz tubiga sho'ng'ib, ov qilib oilalarini boqqanlar.

Henyolar suvga sho'ng'ishdan oldin qo'shiq kuylaydilar.

Ellik yil muqaddam Jeju orolida g'avvos ayollarning soni 30 ming atrofida edi.

Bugun ularning soni to'rt yarim mingga tushib qolgan.

Bu ayollarning o'rtacha yoshi oltmishdan ortgan, ular orasida suv ostiga sho'ng'ish bilan pul topayotgan sakson yoshli buvilar ham bor.

Jenju orolidan tayyorlagan videolavhamizni BBCUZBEKning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring