Bangladesh politsiyasi Rohinga musulmonlarining kirishiga izn berdi

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди
Rohinga oilalari qochqinlar jamlog'ida chaylalarda yashamoqda

Bangladesh politsiyasi Birma buddaviylari ta'qibidan qochayotgan musulmonlarni chegaradan o'tkazmaslik haqidagi o'z hukumati buyrug'iga bo'ysinmagan. Bangladeshning Koks Bozor shahridan BBC muxbirining xabar berishicha, Rohinga musulmonlari mamlakatga kirishda chegaralarda to'siqlarga duch kelmagan.

BMT taxminan 58 ming qochqin chegarani kesib o'tganini aytmoqda.

Birmaning Rohin shtatida zo'ravonliklar bir hafta oldin boshlanib ketgan edi.

Qochqinlar Birma maxsus kuchlari va buddaviy to'dalarni qishloqlarini yoqishda ayblashadi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters
Image caption Bangladesh-Birma chegarasini kesib o'tgan Rohinga musulmonlari loy yo'ldan ketmoqda

Birma hukumati maxsus kuchlar o'tgan oy Rohinga jangarilari tomonidan 20 dan ortiq politsiya postlariga qilingan hujumlarga javob berayotganini ta'kidlaydi.

To'qnashuvlar barcha jamoat vakillariga oid fuqarolarning qochishiga olib kelgan.

Yana 20 ming Rohinga musulmonlari chegaradagi Naf daryosidaan o'tolmay to'planib qolgani aytiladi.

Ko'mak tashkilotlarining aytishicha, ular suvga cho'kish, kasallanish va zaharli ilonlar chaqishi xavfi ostida qolmoqda.

Human Rights Watch tashkiloti sun'iy yo'ldosh orqali Birma hududidan olingan suratlarni taqdim qildi. Ularning aytishicha, Rohinga qishlog'ida 700 dan ortiq uy yoqib yuborilgan.

"Vayrongarchiliklar 25 avgustning tongida sodir bo'lgan va butunlay yo'q qilib yuborilgan deyish mumkin. Qishloqdagi deyarli 99 foiz binolar buzib tashlangan", deydi tashkilotning Osiyo mintaqasi bo'yicha direktori Fil Robertson.

Фото муаллифлик ҳуқуқи HRW
Image caption Avgust oyida Cheyn Har Li qishlog'ida Rohinga musulmonlariga tegishli bo'lgan 700 dan ortiq uy vayron qilingan

Rohin Birmadagi eng kambag'al shtatlardan biri hisoblanadi va bir milliondan ortiq Rog'inga musulmonlarining vatani hisoblanadi. Ular o'nlab yillardan bunyo buddaviylar aksariyatni tashkil qiladigan davlatda ta'qib ostida yashab kelishadi.

So'nggi yillarda o'lim bilan tugagan zo'ravonliklar to'lqini oshdi. Hozirgi ko'tarilishlar 2016 yil oktyabrdan beri eng ahamiyatlisidir. O'shanda chegara postlariga hujum natijasida 9 politsiyachi o'lgandi.

Shundan beri bu yerda etnik taranglik saqlanib qolgan bo'lsa-da, qurolli to'qnashuvlar bo'lmagandi.

Ikki yil oldingi va 25 avgust bo'lgan ikki hujumga mas'uliyatni Arakan Rohinga qutqaruv armiyasi olgan.Guruh maqsadi Rohinga musulmonlarini Birma hukumati tomonidan bo'layotgan tazyiqlardan himoya qilish ekanligini aytgan. Hukumat ularni terrorist guruh deb ataydi.

Oktyabrdagi hujumlardan so'ng jinsiy zo'rlash, qotillik va qiynoqlarga avj olgan. O'shanda 10 minglab Rohinga musulmonlari Bangladeshga qochib o'tgan.

Ayni damda BMT holat yuzasidan rasmiy tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Birma harbiylari inson huquqlari toptalganini rad etadi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Бу мавзуда батафсилроқ