O'zbekiston va dunyo, ruhshunoslar maslahati: 2019 yilda qanday qilib omadga erishish mumkin?

A boy in superhero costume Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

Yangi yilning ilk oyi ham deyarli yarimlay deb qoldi. Bayram kayfiyati bilan shodon yurgan odamlar yana oʻz ishi, tashvishlariga qaytgan, tashqarida esa sovuq hukmron. Hamma 2019-yilning oʻzi va yaqinlari uchun omadli kelishini niyat qilib, harakatga tushgan.

Agar siz kirib kelgan yangi yilda katta rejalarni amalga oshirishni koʻzlab qoʻygan boʻlsangiz, ekspert-ruhshunoslarning quyida keltirilgan hayotiy maslahatlarini bir koʻzdan kechirib qoʻyish aslo zarar qilmaydi.

Tush ko'rish "og'riqli xotiralarni unutishga yordam beradi"

Oʻzbekistonda oʻzgarish epkinlari esmoqdami?

Rossiyalik yurist migrantlarga qanday maslahat beradi?

Ish

Bekor yurishni yigʻishtirib, shu yilning oʻzidayoq albatta yangi ish topaman, deb oʻzingizga vaʼda berganingiz esingizdami? Balki, bu vaʼdani 2013-yilda bergandirsiz?

Agar yangi va yaxshi ish topish hozirgi zamonda qiyin boʻlib ketgan, deya hayolingizda takrorlayversangiz, bu ojiz ishonch siz uchun egilmas haqiqatga aylanib boraveradi.

"Aynan nimani oʻzgartirishni istashingiz haqida diqqat bilan oʻylab koʻring. Nimani koʻproq, nimani kamroq oʻzgartirishni istaysiz?" degan savolni oʻrtaga qoʻyadi Personal Career Management konsalting firmasining ijrochi direktorlaridan biri Korinn Mills.

"Ishingizni oʻzgartirishingiz mutlaqo muhim emas - muhimi oʻzingiz istagan oʻzgarishga erishsangiz bas."

Korinn Mills tavsiya qiladi:

  • Oʻz ish beruvchingizga uchrashib, mehnat faoliyatingizda olgʻa qadam tashlashni istayotganingizni ayting - bu boshqa ish topmasdan turib, yangi imkoniyatlarga ega boʻlishga zamin yaratishi mumkin
  • Mabodo, baribir yangi ishga ega boʻlishni chindan xohlasangiz, u holda ish qidirishga maʼlum vaqt ajrating, masalan, tushlikdagi tanaffuslarni. Rezyumengizni boshqattan tartibga soling va kechki payt uyga qaytganingizdan soʻng qidiruvni yana davom ettiring
  • Agar sizda talab qilingan tajriba va malaka boʻlmasa, duch kelgan vakansiya ketidan quvmang - bu vaqtni bekor sovurishdan oʻzga narsa emas
  • Ishga qabul qilinish oldidan suhbat chogʻida "Jamoada yaxshi ishlayman," deb shunchaki aytmang - buni amalda isbotlang. Rezyumengizda taklif qilinayotgan ish oʻrniga nega munosib nomzod ekaningizni aniq va loʻnda koʻrsatib oʻtishga eʼtibor bering
  • Oʻzingizni haqiqatan qiziqtirgan bir necha boʻsh ish oʻrinlarini tanlab oling va ular uchun ish beruvchini ishontira oladigan ariza yozing
Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

Agar mavjud ish oʻrningizdan olayotgan maoshingiz sizni qoniqtirmayotgan boʻlsa, unda oʻzingizning "bozor narxingiz"ni aniq belgilab oling, qoʻshimcha qiladi Korinn Mills. Soʻng siz istagan maoshni taklif qila oladigan boʻsh ish oʻrinlarini sohangiz boʻyicha yaxshilab izlab koʻring. Ana shundan soʻng topilgan ish oʻrinlari bilan rahbaringiz oldiga kirsangiz boʻladi - bu yaxshiroq maosh yoki lavozimga munosib ekaningizning isboti oʻlaroq xizmat qiladi.

Pul

Agarda, plastik kartochkangiz yoki yostiq tagiga yashirib qoʻygan pullaringizning oxiri koʻrina boshlagan boʻlsa, bayramlar, moliyaviy jihatdan, siz uchun azaga aylanishi mumkin. Axir bunday kunlarda har kim istalmagan xarajatlarni amalga oshirishga majbur.

Shu sababdan moliyaviy boshqaruvning oltin qoidasini yana bir yodga olish zarur: qilinayotgan xarajat miqdori olinayotgan daromadnikidan past boʻlishi shart. Barcha kirim-chiqimlar hisobini nazorat qilish lozim, deydi dumbfunded.co.uk blogi asoschisi Kolin Makdermot.

Zamonaviy texnologiyalar va mobil ilovalar sharofati bilan bugungi kunda kirim-chiqimlarni osongina nazorat qilish mumkin.

"Real vaqt rejimida chiqimlaringizni koʻrsatib turuvchi ilovalar mavjud. Barclays banki yaqinda qimor oʻyinlari yoki internet xaridlariga pul sovurmaslik uchun kredit kartasini bloklab qoʻyishga imkon beruvchi maxsus 'blokatorʼni joriy qildi," soʻzlaydi janob Makdermot.

Eng muhimi "qora kunlar" uchun mablagʻ yigʻib qoʻyishga odatlaning, davom etadi bloger.

"Agar ishingizdan ayrilsangiz yoki ortga surib boʻlmas xarajatlar paydo boʻlsa - masalan, mashinani taʼmirlash - sizda bir yoki ikki yetadigan ortiqcha mablagʻ saqlanayotgan boʻlishi shart."

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

Ammo yangi ish oyogʻingiz ostidan chiqib qolishini qoʻl qovushtirib, kutib yashamaslik ham kerak.

"Hozirning oʻzidan pul ishlashning koʻplab usullari mavjud. Agar sizda biror aniq sohaga nisbatan qiziqish boʻlsa, u uchun talab qilinadigan malakaga ega boʻling, oʻz ustingizda ishlashda toʻxtamang va tez orada bu harakatlaringiz sizga albatta daromad olib keladi," masalahat beradi Kolin Makdermot.

"Oʻzingiz sevgan soha boʻyicha blog yuritishni boshlang, ijtimoiy tarmoqlar va striming imkoniyatlaridan foydalaning. Zum oʻtmay, reklama beruvchilar nazariga tushishingiz hech gap emas."

Shaxsiy hayot

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

Yangi Yil kechasi soat oʻn ikkiga bong urganda, sevimli insoningiz koʻzlariga nogoh tikilib, oʻtgan yilda qolib ketgan oʻzaro muammolarni hal eta olmaganingizdan uyaldingiz

Yoki koʻchada qoʻl ushlashib yurgan baxtiyor juftlikka koʻzingiz tushganida, nega aynan sizning oilaviy hayotingiz faqat dilxiraliklar bilan oʻtayotgani haqida oʻylanib qolasizmi?

Hech ham tashvishlanmang.

"Biz bir tom ostida oʻzimiz sevamiz, deb oʻylaydigan insonlar bilan deyarli har kuni birga kun kechiramiz. Biroq bu shunchaki joʻn vaziyat emas," izohlaydi ruhshunos Kler Prendergast.

Munosabatlar haqida bosh qotirganingizda, xulosa chiqarishga shoshilmang.

"Oʻzingizga biroz vaqt bering. Hayotning oʻz oqimida davom etishiga yoʻl oching. Xayolni chalgʻituvchi boshqa narsalar, masalan, sport zalga qatnash yoki parhez boshlash haqida oʻylang."

Agar shunda ham munosabatlaringizdagi keskinlik yumshamasa, ehtimol, yaxshilab gaplashib olish vaqti kelgan koʻrinadi - ammo hislaringiz sizni asir aylashiga imkon bermang.

"Ichingizdagi bor qoʻrquv va gumonlaringizni umr yoʻldoshingiz ustiga agʻdarmang. Oʻrtadagi munosabat siz uchun qanchalik ahamiyatli ekani, kelajakni qanday koʻrishingiz toʻgʻrisida suhbatlashishga harakat qiling," tavsiya qiladi Prendergast xonim.

Agar juftlik oʻz munosabati baribir muammolardan holi boʻla olmaydi, deb hisoblasa, balki yolgʻiz odamlarning umri qanday qiyin kechayotgani haqida oʻylab koʻrish kerakdir.

"Munosabatlar haqida soʻz ketganda, biz, odatda, oʻzimizni ikkinchi odamsiz yashay olmaydigandek tasavvur qilamiz. Aslida oʻzimizning ichki 'menimizʼ bilan munosabatlarni yaxshilab olmagunimizcha, hech qanday tashqi aloqalarga tayyor boʻlmaymiz," tushuntiradi u.

"Ikkinchi yarmingiz yoʻqligining hech ham yomon joyi yoʻq. Hatto, baʼzi insonlar uchun biroz vaqt yolgʻiz yashash hayotiy muhim ehtiyojdir. Yolgʻizlik ichki dunyoyingiz va asl istaklaringizni anglab olishga yordam beradi."

Maqsadlarga erisha olmaslikdan qoʻrquv

"Oʻzingizga zarurdek tuyilgan narsani emas, aslida ich-ichingizdan istaydigan narsani aniqlab olishga urining," deydi layf-kouch Ali Kempbell.

Janob Kempbell maqsadlarni uchta kategoriyaga boʻlishni maslahat beradi.

  • Aslida kim boʻlishni istaysiz?
  • Aynan nimani amalga oshirishni xohlaysiz?
  • Aynan nimaga ega boʻlishni istaysiz?

"Eng muhimi - maqsadlaringizni qogʻozga tushiring. Bu ularni yoddan chiqarmaslik va boshqa narsalarga chalgʻimaslikka yordam beradi. Biroq maqsadlaringiz haqida birovga ogʻiz ochmang, ularni qatʼiy sir saqlang."

Ahamiyatlisi - orzularni amalga oshirish uchun hech qachon muddat belgilamang. Yoʻqsa, belgilangan muddatga qadar amalga oshmagan niyatlar sizni shunchaki tushkunlikka tushirib qoʻyishi mumkin.

"Aksariyat insonlar bir oy ichida shu narsalarni amalga oshirib tashlayman, deb oʻz kuchiga ortiqcha baho berib qoʻyadi. Ayni vaqtda bir yil ichida qilishi mumkin boʻlgan ishlarga nisbatan oʻz kuchini past baholaydi," deydi Ali Kempbell.

"Aslida, bir yil anchayin uzoq muddat. Bir oy ichida amalga oshirish imkoni kam boʻlgan shirin hayollarga berilgandan koʻra yil davomida kichik-kichik qadamlar tashlashga diqqat qaratgan maʼqul."mi?

BBCUZBEK.COM билан Telegram орқали +44 7858860002 номери билан боғланинг.

Telegram каналимиз: https://t.me/bbcuzbek