Dunyo va Zamon: Porno internetni rivojlantirgan kuchmi?(+18)

The Trekkie Monster puppet from Avenue Q Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

Statistik maʼlumotlarga koʻra, internetda har yetti holatdan, oʻrtacha, bittasida pornografik materiallar qidiriladi. Bu ahamiyatsiz raqamdek koʻrinishi mumkin, ammo baribir pornografiya hamon qidiruvlar yettitaligi ichida qolmoqda.

Dunyodagi eng mashhur pornosayt - Pornhub - Netflix va LinkedIn kabi vebsaytlardek mashhurdir. U dunyodagi eng ommabop vebsaytlar ichida 28-oʻrindan joy olgan.

Yangi texnologiyalar, odatda, oʻta qimmat va ishonchsiz boʻladi. Ular rivojlanib, oʻz taʼsirini yoyishi uchun bozorga amallab boʻlsada, kirib olishi talab etiladi.

Ana shunday zamonaviy texnologiyalardan biri boʻlmish internetning rivojlanishida pornografiya katta rol oʻynagan, degan qarash mavjud.

Xoʻsh, bu nazariyada qanchalik jon bor?

Ibtidoiy pornografiya

Insoniyatda sanʼat tushunchasi shakllangan ilk davrlardayoq seks diqqat markazda turgan mavzulardan biri boʻlgan. Gʻorlarda topilgan ibtidoiy suratlarda koʻkrak, olat, moyliq kabi tana aʼzolarini eslatuvchi shakllarni koʻrish mumkin.

Hozirgi Isroil hududidan esa, kamida, 11 ming yil muqaddam choʻponlar tomonidan ishlangan qovushayotgan juftlik tasviri tushirilgan oʻyma tasvirlar topilgan.

Taxminan 4 ming yil avval mesopotamiyalik sanʼatkor loydan jinsiy yaqinlik qilayotgan juftlik tasvirini ishlagan.

Oradan ikki ming yil oʻtgach, hozirgi Peruning shimoliy qismida qovushish jarayoni sopol buyumga tushirilgan. Hindlarning mashhur Kama Sutra erotik qoʻllanmasining ilk ildizlari ham shu davrlarga borib taqaladi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи other

Odamlarning sanʼat va hunarmandchilik orqali erotikani tasvirlagani u bunday insoniy yaratiqlar rivojlanishi ortida turgan kuch ekanini anglatmaydi. Bunday fikr yuritishga hech qanday asos mavjud emas.

Iogann Gutenberg yaratgan kitoblarni bosma chop etish usulini olaylik. Oʻsha vaqtlarda ham erotik asarlar anchayin mashhur boʻlgan esada, kitobxonlarning asosiy qismi dindorlardan iborat edi.

Zamonaviy pornografiya

"Pornografiya" yunonchada "yozish" va "fohishalar" maʼnosini anglatadi.

19-asrda insoniyat fotografiyani oʻylab topadi. Parijda ochilgan ilk fotosuratxonalar misli koʻrilmagan erotik suratlar savdosini boshlab yuboradi.

Erotik surat sotib olish fohisha yollashdan qimmat tushsada, mijozlar koʻplab topilar edi. Biroq pornografiya fotografiyani rivojlantirgan asosiy omilga aylana olmadi baribir.

Fotografiyadan ortidan harakatlanuvchi suratlar zamonasi kirib keladi.

Ammo pornografiya maʼlum sabablarga koʻra, kino sanoatining rivojlantiruvchi kuchi boʻla olmaydi.

Kino ishlash qimmatga tushar edi. Xarajatlarni qoplash uchun kinoni koʻplab odam koʻrishi zarur boʻlar, bu esa, oʻz navbatida, ommaviy tomoshalarni anglatardi.

Omma oldida kattalar uchun moʻljallangan filmlarni qoʻyishning imkoni yoʻq edi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

1960-yillarga kelib porno filmlarni keng yoyish imkoniyati tugʻilgandek boʻldi - tanga solib, kino koʻrish mumkin boʻlgan yopiq budkalar ommalasha boshladi.

Bitta shunday budka haftasiga bir necha ming dollar keltirishi mumkin edi.

Biroq odamlarning porno koʻrishga boʻlgan istagini nisbatan qondira olgan texnologiya - bu videokassetalar boʻldi.

Pornografiyaning iqtisodiyot va madaniyatga koʻrsatgan taʼsirini oʻrgangan yozuvchi Patchen Barssning fikricha, videokassetalar aynan porno filmlar sharofati bilan ommalasha olgan.

Ilk davrlarda videokassetalar savdosi u qadar yurishmagan: ular oʻta qimmat edi. Kim ham bir dunyo pulga atigi bitta kino yozilgan kassetani sotib olar edi? Albatta, uyda bemalol porno koʻrishni istovchilardan tashqari.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

1970-yillarning oxiriga kelib, sotilayotgan videokassetalarning aksariyatida porno filmlar yozilgan edi.

Atigi bir necha yil ichida takomillashgan texnologiya videokassetalar narxini tushira oldi va bu bozor kengaya borishi bilan pornografiyaning undagi ulushi sezilarli qisqardi.

Kabel televideniyesi va, albatta, internetning boshidan ham aynan oʻxshash kunlar oʻtgan.

Pornoga o'ch avlod

Yoshlar bir paytlar internetga kirish uchun avval telefonga pul toʻlab, soʻng dial-up modemni sozlash va bitta suratning ochilishini qanchadir daqiqa kutishga toʻgʻri kelinganini tasavvur qila olmasa kerak.

Bunday qimmat va metin sabrni talab qiladigan texnologiyadan kim ham foydalanishi mumkin edi? Allaqachon, toʻgʻri taxmin qilib boʻldingiz.

1990-yillarda oʻtkazilgan bir tadqiqotda aytilishicha, oʻsha vaqtlar internet orqali yuklangan va tarqatilgan har olti suratning beshtasi erotik mazmunda boʻlgan.

Keyinroq oʻzaro muloqot qilishga imkon beruvchi chatlar paydo boʻlganda ham suhbatlar, asosan, seks borasida kechgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

Mavjud qarashlarga koʻra, aynan pornografiyaga boʻlgan ishtiyoq tez ishlaydigan internet aloqasiga boʻlgan talabni haddan ziyod oshirgan.

Va aynan pornografik mahsulot tarqatuvchi onlayn kompaniyalar oʻz manfaati yoʻlida video fayl hajmini siqish va oson toʻlov tizimlari kabi veb texnologiyalarni ishlab chiqishda peshqadam boʻlgan.

Internetga kirish osonlasha va arzonlasha borgan sari, odatdagidek, porno mahsulotlar oʻrnini boshqa narsalar egallay boshlagan.

Hozirgi kunda onlayn pornografiya mahsulotlari ishlab chiqarish va tarqatish bilan shugʻullanuvchilar qiyin damni boshdan oʻtkazmoqda.

Pornhub kabi yirik vebsaytlar bunday filmlarni bepul tarqatayotgan bir vaqtda, borgan sari pullik xizmatlarga murojaat qilayotganlar soni kamayib bormoqda.

Qaroqchi saytlar va boshqa agregatorlar ishlab chiqaruvchilardan porno mahsulotlarni oʻgʻirlab yoki arzimas haq evaziga sotib olib, reklama va obunalar hisobiga salmoqli mablagʻ ishlamoqda.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Gabe Ginsberg

Ayni vaqtda pornografiya bozoridagi eng yirik oʻyinchi Pornhub va boshqa qator kattalar uchun moʻljallangan saytlarga egalik qiluvchi Mindgeek kompaniyasi boʻlib turibdi.

Vankuver Iqtisodiyot Maktabidan professor Marina Edsheydning soʻzlashicha, uning bozordagi monopoliyasi yirik muammodir.

"Mijozlar soni kam boʻlsa, film ishlab chiqaruvchilar oʻz mahsuloti narxini tushirishga majbur boʻladi," deydi u.

"Bu nafaqat ishlab chiqaruvchilar, balki porno aktyorlar uchun ham salbiy holat. Ular avval qilmagan ishini hozir arzimagan haq evaziga bajarishga majbur boʻlmoqda."

Pornografiya bozorida katta pul aylanadi, degan ishonch shakllangan. Bu fikr qisman toʻgʻri, ammo mutlaq emas.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

Bugun porno sanoati botqoqdan chiqib olishi uchun pulni yanada koʻproq film ishlashga emas, balki texnologiyalarni rivojlantirishga sarflashi lozim, deydi tahlilchilar.

19-asrda bunday qarash parijlik fotosuratxonalarning videokassetalar yoki internetni oʻylab topishi zarurligini anglatar edi.

Balki pornografiya sanoatining kelajakdagi yagona umidi seks robotlardir?

Ammo bu texnologiyaning porno bilan uygʻunlashuvi, hozircha, keng koʻzga tashlanmayotir.

BBCUZBEK.COM билан Telegram орқали +44 7858860002 номери билан боғланинг.

Telegram каналимиз: https://t.me/bbcuzbek