Chechen bo‘lginchilari rahbari Ahmed Zakayev Polьshada qo‘lga olingan

Hibs Rossiya tarafidan Interpol orqali yo‘llagan talab asosida amalga oshirilgan
Image caption Hibs Rossiya tarafidan Interpol orqali yo‘llagan talab asosida amalga oshirilgan

Matbuot xabarlariga ko‘ra, janob Zakayev u yerga chechenlar masalasiga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etish uchun borgan.

Avvalroq, Polsha rasmiylari Ahmed Zakayev hibsga olinishi mumkinligidan ogohlantirgan. Hibs Rossiya tarafidan Interpol orqali yo‘llagan talab asosida amalga oshirilgan.

Polsha televideniyesining xabar qilishicha, u Varshavadagi prokuror idorasiga ketayotgan mahal qo‘lga olingan. Yaqin yordamchilaridan biriga ko‘ra, Zakayev janoblari prokurordan o‘zining nima uchun qidiruvda ekanligini so‘ramoqchi bo‘lgan.

Ahmed Zakayev Rossiyada terrorchilikka bosh qo‘shganlikda gumon qilinadi. U Chechen bo‘lginchilari marhum prezidenti Aslan Masxadovning voizi bo‘lgan. Mashadov 2005 yil Rossiya kuchlari bilan janglar chog‘i o‘ldirilgandi.

Britaniya 2003 yil Ahmed Zakayevga siyosiy boshpana bergan va shu yerda yashab kelayotgandi.

'Boshqa chora yo‘q'

Varshavaga ketishi oldidan Ahmed Zakayev Polьshaga borishi uchun viza olgan va poytaxt shimolidan 60 chaqirimcha uzoqda joylashgan Pultusk shahrida chechen muhojirlari ishtirokida o‘tadigan yig‘inda ishtirok etishi kerak bo‘lgan.

Polsha Bosh vaziri Donald Tusk payshanba kuni chechen bo‘lginchilari rahbari hibsga olinadigan bo‘lsa, mahkama uning Rossiya ekstraditsiya qilinishiga rozi bo‘lmasligi mumkinligini aytgandi.

"Ekstraditsiya jarayoni ekstraditsiya bilan bir xil emas", deb aytgan Polsha Bosh vaziri Donald Tusk.

Politsiya voiziga ko‘ra, Polsha hibs borasidagi xalqaro buyruqqa amal qilmoqda va janob Zakayevni qo‘lga olmaslikdan boshqa chorasi qolmagan.

"U binodan chiqib ketayotgan mahal oddiy kiyim-boshdagi politsiya xodimlari tarafidan hibsga olindi", deydi Polsha televideniyesiga gapirgan voiz.

Ahmed Zakayev G‘arbda muhojirotdagi Checheniston hukumatining maxsus vakili sifatida faoliyat olib borgan.

Polsha-Rossiyaning Chechenistonga qaratilgan siyosati ashaddiy tanqidchilaridan biri. Ammo, Prezident Lex Kachinskiy va boshqa qator yuqori martabali rasmiylarning uchoq halokatida nobud bo‘lishi ortidan ikki o‘rtadagi munosabatlar iliy boshlagan.