"Mishel Obama- dunyoning eng qudratli ayoli"

Image caption "Forbs" jurnaliga ko‘ra, Mishel Obama jahonda eng qudratli ayoldir.

Biznes olamida obro‘li "Forbs" majallasi jahonning eng qudratli ayoli sifatida bu yil AQSh Prezidenti rafiqasi Mishel Obamani nomladi.

Mishel Obama Olmoniya kantsleri Angela Merkel va AQSh davlat kotibi Xilari Klintonlardan ham o‘zib ketib, jahon bo‘ylab eng kattta ta‘sirga ega ayol, deya aytildi.

Qudratli ayollar ro‘yxatining birinchi o‘nligida shuningdek pop yulduzlari Ledi Gaga va Beyonse Nouleslar ham bor.

Britaniya Qirolichasi Yelizaveta Ikkinchining "ta‘siri" esa atigi 41 o‘rinda ekan.

"Forbs" jurnaliga ko‘ra, bu yilgi nomzodlarni ko‘rib chiqilayotgan vaqti mavqedan ko‘ra ko‘proq ijobiy yondoshuv va ishbilarmonlik kabi hislatlarga e‘tibor qaratilgan.

"Obama xonim jahon bo‘ylab qizlarning yosh avlodiga va ko‘plab ayollarga ijobiy o‘rnak bo‘layotgan shaxsdir", deyiladi maqolada.

O‘tgan yilgi qudratli ayollar ro‘yxati boshida Olmoniya kantsleri Angela Merkel ko‘rsatilgandi. Mishel Obama esa 40-nchi o‘rinda edi.