Olmon siyosatchisi musulmon muhojirlarga chek qo‘yilishiga da‘vat qildi.

Image caption Olmon siyosatchisiga ko‘ra, musulmonlarning jamiyat bilan uyg‘unlashishlari mushkul kechmoqda ekan.

Olmoniyaning eng taniqli siyosatchilaridan biri Xorst Ziufer Yaqin Sharqdagi musulmon mamlakatlaridan muhojirlar kelishiga chek qo‘yilishi kerak, deya da‘vat bilan chiqdi.

Olmoniya kantsleri Angela Merkel kaolitsion hukumatining tarkibida bo‘lgan Xristian Sotsial Demokartalar partiyasi a‘zosi Ziuferning chaqirig‘i mamlakatda musulmonlar roli haqidagi bahslarni yanada urchitib yubordi.

Bi-bi-si muxbirining xabar berishicha, Xorst Ziufer Olmoniyada o‘ta ko‘zga ko‘ringan siyosatchi.

Muhojirlarning olmon jamiyatiga integratsiyasi haqida gapirar ekan u, "Turkiya va aarab davlatlaridan kelganlarning jamiyat bilan uyg‘unlashib ketishlari mushkul kechishi ochiq-oydin bir masala" ekanligini aytdi.

"Shuning uchun mening xulosam shuki, biz o‘zga madaniyatli davlatlardan boshqa muhojirlarga ehtiyojimiz yo‘q", deya ilova qildi u.

Shunga o‘xshash izhorotni o‘tgan oyda mamlakat Markaziy Banki "Bundesbank" a‘zosi ham qilgandi.

"Musulmonlardan tashqari bironta jamoa ijtimoiiy yordam va jinoyatlar bilan bu qadar bog‘liq emas", deb aytgandi Tio Zaxatsin.

Ammo shu oy boshlarida Olmoniya Prezidenti Islom, huddi nasroniylik va yahudiy dini kabi Olmon jamiyatining tarkibiy qismi ekanligini aytgandi.

Olmoniyadagi turklar jamiyati matbuot kotibining aytishicha, bu boradagi bahslar tufayli ba‘zi turk ishbilarmonlari va turli kasb egalari mamlakatdan chiqib keta boshlaganlar.

Olmoniyadagi Turklar jamiyati rahbari Kenan Kolat Xorst Ziufer muusmonlardan uzr so‘rashi kerakligini talab qilib chiqdi.

Janob Kolatga ko‘ra, siyosatchi Ziuferning izhoroti haqoratomuz va qabul qilib bo‘lmasdir.