Сўнгги янгиланиш 4 ноябр 2010 - 18:04 GMT

A 380 uchog‘i Singapurga qaytib qo‘nishga majbur bo‘ldi

Singapurdan Avstraliyaning Sidney shahriga 430 yo‘lovchisi bilan parvozga otlangan Airbus 380 uchog‘i ko‘p o‘tmasdan dvigatellaridan biridagi nosozlik tufayli qaytib qo‘ngan.

Avstraliyaning Qantas havo yo‘llari shirkati o‘zining oltita A380 avialayneri uchishini to‘xtatishga qaror qilgan.

Bunga Qantasga tegishli Singapurdan uchayotgan uchoqning yerga qo‘nishga majbur bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Qantas shirkatining ning A 380 erobusi Singapurning Changi aeroportiga ertalab 11:45 favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Ortidan uchoqdagi 433 ta sayyoh va 26 ta jamoa a‘zolariga hech qanday ziyon yetmagani xabar qilindi.

Uchoq Singapurdan havoga soat ertalab 10 da ko‘tarilgan edi.

Birroq Sidneyga uchayotgan tayyora dvigatelida muammo borligi Indoneziyaning Batam oroli ustidan o‘tayotgan paytda ma‘lum bo‘lgan.

Politsiya va guvohlarning aytishlaricha, ular tijoriy avialayner Indoneziya g‘arbida borayotgan paytda portlash ovozini eshitganlar.

Qantas havo shirkati Bi-bi-siga uchoqning to‘rtta dvigatelidan bittasini o‘chirishga majbur bo‘lganini, biroq qolgan uchtasi bilan yerga muvaffaqiyatli qo‘nganini aytgan.

A 380 dunyodagi eng yirik sayyohlik tayyorasi hisoblanadi.

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.