Jorj Bush: "Qiynoqlarni qo‘llash bilan hayotlarni saqlab qoldik"

Image caption AQSh sobiq Prezidentiga ko‘ra, qiynoq usulini qo‘llashga ruxsat berganidan afsuslanmaydi.

AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush tedevizion kanaliga intevьyusida "suvga bo‘ktirish" qiynoq usulini qo‘llash ruxsatini berganidan afsusda emasligi, bu bilan hayotlarni saqlab qolganligini va terroristik hujumlarning oldi olinganligini aytdi.

Shuningdek janob Bush Iroqda ommaviy qirg‘in qurollarini topishga erisha olmaganliklaridan afsusda ekanligi ammo Iroqqa qarshi urush ochish qarori to‘g‘ri bo‘lganligini bildirdi. Unga ko‘ra, jahon Saddam Hussaynsiz xavfsizroq yerga aylangan.

Jorj Bushning "Qarorlar nuqtasi" avtobiografik kitobi shu kunlarda nashrdan chiqdi. Ushbu kitobda ham u prezidentlik davrida bergan eng muhim qarorlari haqida so‘z yuritadi.

Jorj Bushning yozishicha, qo‘lga olingan "Al Qoida" a‘zolarining uch nafaridan "suvga bo‘ktirish" qiynoq usuli orqali rejalanayotgan terroristik hujumlar haqida muhim ma‘lumotlar olingan.

"Men huquqshunoslardan bu usul qonuniymi, deb so‘radim. Ular "ha, qonunuiy", deb javob berishdi. Unday bo‘lsa qo‘llayveringlar, deb ruxsat berdim", dedi Jorj Bush.

AQSh sobiq Prezidentiga ko‘ra, faqatgina tarix uning muvaffaqiyatlariga baho bera oladi, ammo unga qadar u hayotdan ko‘z yumgan bo‘ladi.

Ko‘plab kuzatuvchilar janob Bushni "tarixni o‘z foydasiga talqin qilishga harakat qilmoqda", deb tanqid ostiga olmoqdalar.

Jorj Bush haqida kitob yozgan, Prinstaun Universiteti professori Yuliyan Zelizer sobiq Prezident o‘z amallarining tarixdagi in‘ikosiga qanchalar ta‘sir eta olishi mumkinligi haqida gapirar ekan, janob Bush o‘z kitobida ortga bir qarab, qanday saboq chiqargani haqida gapirishni maqsad qilgan, deb aytdi.

"Bu xotiralarning noto‘g‘ri jihati yo‘q. Sobiq Prezident bu bilan noma‘lum, ammo qiziqarli ba‘zi ma‘lumotlarni olib chiqadi. Lekin omma bu kitobni anchayin ishonchsizlik bilan o‘qisa kerak. Chunki odamlar uni doimo siyosatchi sifatida ko‘rishadi va xalqni siyosatchiga ishontirish oson ish emas. Hech kim sobiq prezident yuragini samimiy ochibdi deb qabul qilmaydi", dedi professor Zelizer.