Ovro‘poda Qozog‘istondagi o‘zbek qochqinlari himoyasiga piketlar o‘tkazilmoqda

Ostona Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti sammiti boshlanar ekan, Ovro‘poning qator yirik shaharlarida Olma-Ota hibsxonasida tutib turilgan 29 nafar o‘zbekistonlik boshpana izlovchini qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazilmoqda.

Muhojirotda yashaydigan markaziy osiyolik faollar o‘zbekistonlik qochqinlarni O‘zbekistonga topshirmaslikni talab qilishayapti.

Bir necha yildan buyon Qozog‘iston hududida yashab kelgan o‘zbekistonliklarning aksariga avval BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi tomonidan "boshpana izlovchi" maqomi berilgandi. Ammo, bu kabi vakolat Qozog‘iston Migratsiya xizmatiga o‘tkazilishi ortidan o‘zbekistonliklarning maqomlari bekor qilingan.

Hozirgacha O‘zbekistonga topshirilgan to‘rt nafar boshpana izlovchining taqdiri esa, noma‘lum qolmoqda.

Toshkent ularni terrorga oid harakatlarda ayblaydi. Biz oldinroq Stokgolьmdagi namoyish tashkilotchilaridan Qochqinlarni himoya qilish qo‘mitasi a‘zosi Ahmad Iso bilan gaplashdik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди